Get Mystery Box with random crypto!

Azizlar, bugün Xalqaro türk tılı kuni ekan. Barchalaringizni c | Bahrom Irzayev

Azizlar, bugün Xalqaro türk tılı kuni ekan. Barchalaringizni chin dildan qutlayman! Bugün ustozim Pamukkale üniversiteti professori TC Nergis Biray taklifi ortida shu munosabat bilan tashkil etilgan anjumanda ishtirok etdim. Anjuman Sema Eynel xonim, Avraziya yazarlar Birliği rahbari doktor Yakup O'merog'lu, prof. Nergis Biray, Pamukkale üniversiteti rektöri prof. Ahmet Kutluhanlar tabrigi bilan ochildi. Ilmiy qismda prof. Ahmet Buran, dök.,. Berdi Sariyev, prof. Fatih Kirishciog'lu, prof. Kayirbek Kemenger, dök., Mirzat Rahimbek uulü, dök., Elchin Ibrohimlarning ma'ruzalarini tingladik. Avvalo prof. Ahmet Buran jonajon tilimizni jahon tiliga aylantirishning zaruriy omillari Davlat tili, adabiyot tili, bilim tili sifatida mustahkamlanishi shartlari haqida, uning ortida bo'lishi lozim mafkuraviy, iqtisodiy, harbiy va siyosiy qudrat tamoyillaridan so'z ochdi, prof. Fotih Kirishciog'lu qadim Urxun Enasoy bıtıkları misolida ko'hna tariximizdan so'zladi, Elchinbey bugün yagona alifboga naqadar ulug' ehtiyoj borligini isbotladi. Og'am Kayirbek Alash ziyolilari dan, Mirzatbiy bo'lsa Kasım Tinistan qismatidan, Berdi Sariyev shoir Ozodiy ijodidan mujdalar yetkazdi. Men "Fıtrat hayotiming biz ma'lum va noma'lum tomonlari"ni anglatishga harakat qildim. Ne tongki biz türlü mavzularda türlü davlatlardan gapirayotgan edik, ammo bir dardni, bir maslakni istayotgan edik. Qaysiki, yüz yıl avval jadid bobolarimiz dardini va maslagini! Bugün ularning ruhları behad shod bo'lgan kundir. Ismoilbey G'aspirali, Behbudiy, Hasan Zardobiy, To'pchiboshiyev, Ahmad Boytursun, Fıtrat, Cho'lponlar....
Yuqoridagi ma'ruzachilardan sezdimki oramizdan muammo ham buyuklar ham chekinmagan bugün prof. Ahmat Buran ma'ruzasida men büyük mafkurachi Fıtrat dahosini ko'rdim. Aziz ustozlarim barchalaringizni Allohim panohida asrasin, turkni tangrim qo'risin! Yana bir marta Xalqaro türk tili kuni bilan!

Bahrom Irzayev

@Bahrom_Irzayev