Get Mystery Box with random crypto!

Kitob ulashyapmiz “Kitob ulash” loyihasi boshlanganidan xaba | Asaxiy Books

Kitob ulashyapmiz

“Kitob ulash”
loyihasi boshlanganidan xabaringiz bor. Loyiha maqsadi kitob olishga iqtisodiy imkoni yoʻq vatandoshlarimiz bilan saxovatli insonlarni orasida koʻprik boʻlishdir.

Bugungacha 400dan ortiq kitobsevarlar ariza bilan murojaat qilishdi va saxovatli insonlar tomonidan hisob raqamga oʻtkazilgan mablagʻ yordamida arizachilarning bir qismiga kitoblar yetkazildi.

Kitob ixlosmandlari moddiy ehtiyoj sabab mutolaadan toʻxtab qolmasliklari uchun saxiy insonlardan loyihani moliyalashtirishda bardavom boʻlishlarini va bu loyiha haqida iloji boricha koʻproq insonlarga yetkazishlarini soʻrab qolamiz .

Maxsus hisob raqam: A280703
Loyiha eʼloni: https://t.me/asaxiybooks/4990
Ariza berish uchun bot: @asaxiy_kitob_ulash_bot