Get Mystery Box with random crypto!

Nega men boshqachaman? Nega men boshqalarga o'xshamayman? - N | Asadbek Bozorov

Nega men boshqachaman?

Nega men boshqalarga o'xshamayman? - Nega meni tushunishmaydi? - degan xayollar sizning ham miyangizda aylanib tursa kerak.

Aslida, har bir inson unikal. Muqobili topilmaydi. Xislatidan tortib, barmoq izigacha. Nega endi boshqacha bo'lmasligingiz kerak? Axir Alloh sizni noyob holda yaratgan bo'lsa.

Yuqoridagi savollar siz-u bizni qiynashiga asosiy sabab esa - "Odamlar nima deydi". Rostdan shunaqa.

Biz harakatlarimizni, hatto gaplarimizni boshqalar nima deb o'ylashiga qarab belgilaymiz. Mana shu postni yozayotganimda ham shunday fikr o'tdi.

O'zlikni yashirib, boshqalarning fikriga ko'ra harakatlanish insonni stressga olib keladi. "Odamlar nima deydi" - bu bir qopqon. Undan qochish kerak. Aks holda, o'zingizniki qolib, boshqalarning hayotini yashashga majbur bo'lasiz.

Kuni kelib, afsuslar botqog'ida qolishni xohlamasangiz, o'zingiz xohlagandek yashang, shaxsiy qarorlar qabul qilishda tavakkal qiling.

@asadbekbozorov