Get Mystery Box with random crypto!

Kechagi tadbirdan olgan insaytlarim Aziz aka Rahimovni o'zimg | Asadbek Bozorov

Kechagi tadbirdan olgan insaytlarim

Aziz aka Rahimovni o'zimga ustoz deb bilaman. Kecha men anchadan beri kutib yurgan master-klass bo'lib o'tdi. Tadbir o'zgacha ruhda bo'ldi.

O'rganganlarim:

Suhbat "multidisciplinary thinking" - "ko'p tarmoqli fikrlash" yoki "qomusiy fikrlash" mavzusi ustiga qurildi.

Inson bitta sohada ketayotgan bo'lsa ham, ko'p ilmlarni egallashi kerak. Bu narsa "problem solving" - muammoga yechim topish ko'nikmasini rivojlantiradi. Ya'ni, qo'lida bolg'a va mixi bor odam muammoga faqat shu asboblar bilan yechim qidiradi. Agar uning boshqa qurollari ham bo'lsa, har xil tomondan yondasha oladi.

Ikkinchidan, bu sizni zerikarli odamga aylantirib qo'ymaydi. Axir, hayot faqat ishdan iborat emas, ish, pul topish - hayotingizning bir qismi. Shunday ekan, har xil inson bilan muloqot qilasiz. Ko'p sohalarda ilmingiz bo'lsa, bemalol suhbatdoshingiz mavzusiga tushib keta olasiz.

Va tarixdan va hozir yashayotgan ko'plab insonlarni misol keltirdilar:

Ibn Sinoni tibbiyotdan, Mirzo Ulug'bekni astronomiyadan, Enshteynni fizikadan, Leonardo da Vinchini "Monaliza"dan taniymiz-u, ammo ularning barchasi qomusiy ilmlar egasi bo'lgan. Bundan kelib chiqadiki, bitta sohada zo'r bo'lishingizda ham boshqa soha ilmlarini bilishingizning samarasi bor.

Yana suhbat chog'ida e'tiborimni tortgan narsa - o'quvchilar savol berganda ustozning bir zum o'ylanib turib, keyin javob berishlari. Samimiy, borini boricha ko'rsatadigan inson ekanlar.

Ustozning fikrlarini o'zimnikiga qiyoslab, hali hech narsani bilmasligimni tushunib yetdim va ilmga rag'batim yanada oshdi.

@asadbekbozorov