Get Mystery Box with random crypto!

Odobni odobsizdan o'rgan Bu gapni ko'p bora eshitgansiz, to'g | Asadbek Bozorov

Odobni odobsizdan o'rgan

Bu gapni ko'p bora eshitgansiz, to'g'rimi? Ammo ma'nisini tushunib yetsangiz, bu maqol - hikmatning o'zginasi ekan.

Ba'zan atrofimdagi insonlarning hayot tarziga nazar tashlab, nahotki, shunday yashash mumkin - deb yuboraman.

Endi tushundimki, bunday insonlar bo'lishi kerak ekan. Chunki, inson o'zining aksini ko'rishi uchun unga oyna kerak.

Har bir insonda xato-kamchilik bor. Lekin, inson zoti faqat boshqaning aybini ko'radi. Demoqchimanki, boshqalarda ko'rgan siz yoqtirmagan sifat, aslida, o'zingizda ham bor. Faqat siz bunga e'tibor bermaysiz.

Shunday ekan, boshqalardan "oyna" sifatida foydalaning va o'zingizni isloh qilish payida bo'ling.

P. S: Bugun masjidda bir bola rosa bezovta qildi, xayolimni bo'ldi va bu menga yoqmadi. Endi boshqalarga ozor berib qo'ymaslikka qattiq harakat qilaman.

@asadbekbozorov