Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi - buyukning dushmani 'Yaxshi - buyukning dushmani. Va | Asadbek Bozorov

Yaxshi - buyukning dushmani

"Yaxshi - buyukning dushmani. Va u juda oz narsalarning buyuk bo'lishiga asosiy sabablardan biri.

Kamdan-kam odam buyuk hayotga erishadi, chunki yaxshi hayotga moslashib qolish oson." *

Buyuk bo'lolmasligining asosiy sababi - oldinga intilmaslik, harakatdan to'xtab qolish. Bir xil hayot tarziga o'rganib qoladi-da, o'z ustida ishlamaydi, yangi bilimlarni o'rganmaydi.

Buni ko'p narsalarga qo'llasa bo'ladi.
Yaxshi sportchilar, yaxshi kadrlar, yaxshi maktab, yaxshi universitetlar... ko'p, ammo buyuklari juda kam yoki yo'q.

Bruce Leening bir gapi bor:
"Hamma taslim bo'lgan joyda sen taslim bo'lma, shunda hech kim g'olib bo'lmagan yerda sen g'olib bo'lasan."

Mana shu qoidaga amal qilishning o'zi sizni buyuklikka yetaklaydi. Buyuklikni bir yo'l deb faraz qilsak, ko'pchilik yo'lda uchraydigan to'siqlar natijasida elakdan o'tib ketadi.

Faqat qat'iy maqsad qo'ygan va irodalilargina taslim bo'lmay, oxirigacha bora oladi.

Qat'iyatli bo'ling va maqsadingizga erishmaguningizcha harakatdan to'xtamang!

* "Good to Great" kitobidan