Get Mystery Box with random crypto!

#Anvar_Obidjon_ijodi #bolalar_adabiyoti Qo‘shtramvay Bir-bi | Anvar Obidjon

#Anvar_Obidjon_ijodi
#bolalar_adabiyoti

Qo‘shtramvay

Bir-birovga tirmashib,
Go‘yo qo‘llar chirmashib,
Qo‘shtramvay ketyapti,
Quvnoq qo‘shiq aytyapti:
-Taqa-tuq taq...
-Taka-tuk tak...
Oldingisi-Hasanboy,
Ortdagisi-Husanboy.
To‘silsa goh yo‘lakcha,
Tovushlari bo‘lakcha:
-Jing-jing-jing!
-Ting-ting-ting!

Hasan-Husan shu kuyi,
Shahar kezar kun bo‘yi.
Uyga charchab qaytishar,
Toshdek qotib,
Uxlabyotib,
Tushida qo‘shiq aytishar:
-Taqa-tuq taq...
-Taka-tuk tak...
-Jing-jing-jing...
-Ting-ting-ting...

@Anvar_Obidjon