Get Mystery Box with random crypto!

#Anvar_Obidjon_ijodi #bolalar_adabiyoti Po‘stak arava Po‘st | Anvar Obidjon

#Anvar_Obidjon_ijodi
#bolalar_adabiyoti

Po‘stak arava

Po‘stagin sudrar
Momoguldirak.
Po‘stagida bor
Yuzta g‘ildirak.

O‘ydim-chiqur yo‘l,
Yo‘qdir adog‘i.
G‘ildiraklarning
Chiqar shalog‘i.

Bulut yo‘laklar
Juda qorong‘i.
Po‘stak arava
Yoqar chirog‘in.

Chiroq ham buzuq,
O‘t chiqar "chars-churs".
G‘ildirak o‘qi
Yorilar "qars-qurs".

Ta'mirni boshlar
Momoguldirak.
Bir-bir moylanar
Yuzta g‘ildirak.

Chelak-chelaklab
Socha boshlar moy...
Yomg‘ir suviga
To‘lar endi soy.

@Anvar_Obidjon