Get Mystery Box with random crypto!

Antiateistik kanallarga javoblar | Non-theism 🇺🇦

Telegram kanalining logotibi anti_ateis — Antiateistik kanallarga javoblar | Non-theism 🇺🇦 A
Telegram kanalining logotibi anti_ateis — Antiateistik kanallarga javoblar | Non-theism 🇺🇦
Kanal manzili: @anti_ateis
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 114
Kanalning ta’rifi

Диний, айниқса исломий ривоятларни хорам қилиш маркази. Миянгизни диний ахлатладан ва захарланишдан тозалаш хизмати.
https://t.me/anti_ateis/2554

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2021-02-12 18:28:44 Agar o'zbekiston aholisining 90 foizi sizni yomon ko'rsa va tan olmasa demak siz to'g'ri yo'ldasiz.

@niyatgabogliq
92 views15:28
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:19:25 Kishiga uzoq vaqt muntazam bir narsani, bir tomonlama qarashni singdirilsa, keyinchalik uning o'zi faqat o'sha bir taraflama qarashga tegishli narsalarni izlay boshlaydi, boshqa fikrlarni faqat ularni zaif tomonlarini izlash uchun o'rganadi, topa olmasa to'qib chiqarishgacha boradi. Men ham shunday mutaassib bo'lib qolmaslik uchun doim o'zimni isloh qilib boraman, o'z qarashlarimni qayta ko'rib chiqaman, shubha bilan qarayman, tanqid qilib ko'raman, boshqa fikrlarni o'rganishga harakat qilaman, o'rganishda imkon qadar adekvat (xolis) yondashaman.
91 views15:19
Ochish/sharhlash
2021-02-12 18:11:49 ​Mutaassiblik - (arab. متعصب va grek. Φανατισμός tarj. fanatizm) - maʼlum bir mafkura va qarashlarga, ayniqsa, diniy-falsafiy, milliy va siyosiy sohalarda haddan ziyod, koʻr-koʻrona va hissiyotlarga berilib ergashish va ularga amal qilish. Qandaydir tushunchalarga, eʼtiqodga yoki dunyoqarashga sodiqlikning eng soʼnggi darajasi.
Mutaassiblikning eng keng tarqalgan koʻrinishi bu - diniy mutaassiblik. Mutaassiblik, fanatizm - biron eʼtiqodga yoki dunyoqarashga oʻta berilganlik, boshqa har qanday qarashlarga toqat qila olmaslik (masalan, diniy mutaassiblik).
[O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi]

Mutaassiblik boshqa fikrlarga qarshi aqliy fikriy javob bera olmagandan keyin fikr egasi shaxsiyatiga qarshi mana bunday bo'xtonlar qilishgacha undaydi. Mutaassiblik avval insondan ayri, chetdan singdiriladi (inson fitratida tolerant bo'ladi), keyinchalik vaqt o'tgan sari insonning o'zi mutaassibga aylanadi.

Yana bir ma'nosi konservator.

@anti_ateis
92 views15:11
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:35:56 ​​"Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?"
(2-qism)

Keling xuddi mana shu jarayonni bir analogiya bilan tushuntirib berishga harakat qilay.

E'tiboringizni quyidagi 1-rasmga qaratsangiz. Bu yerda ranglar spektri keltirilgan. Ranglar qizildan to siyohranggacha o'zgarganini yaqqol ko'rish mumkin. Sababi biz butun boshli holatga (jarayonga) umumiy nigoh bilan qarab turibmiz. Bu rasmda chetki ranglar aniq farqlanishini ko'rsak ham, lekin ranglar qanday va qaysi chegarada o'zgarayotganini ko'ra olmaymiz.

Keling endi rasmning qizil va sabzirang qismini kattalashtirib ko'ramiz. E'tiboringizni 2-rasmga qaratsangiz. Biz ushbu rasmda qizil rang sabzirangga o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin bunda ham yaqqol o'zgarish chegarasini sezmaymiz. Rasmga e'tibor bilan qarang, chap tomondagi qizildan bir millimetr o'ngga qarab siljing, rang farqlanishni boshlaydi, lekin buni siz amalda sezmaydi. To o'ng burchakka kelguningizgacha yaqqol farqlanuvchi chegarani sezmaysiz, lekin tasvirga umumiy nigoh bilan qarasangiz chapdagi qizil rang o'ngda sabzirangga aylanganiga guvoh bo'lasiz.

Keling endi mana shu 2-rasmning o'rta qismidan kattalashtirib ko'ramiz. E'tiboringizni 3-rasmga qaratsangiz. Xo'sh, siz biror chegara yoki farqni ko'ryapsizmi? Yo'q albatta, sizga barchasi sabzirang bo'lib ko'rinmoqda. Shundaymi?

Ha, evolutsiya, jumladan makroevolutsiya ham xuddi mana shunday kechadi. Siz uni o'zingizning atrofingizda, siz yashayotgan vaqtda sezmaysiz, ko'ra olmaysiz, amalda bu imkonsiz narsa. Lekin siz butun boshli jarayonga teparoqdan, uzoqroqdan umumiy nigoh bilan qarasangiz jarayon qanday kechayotganligini yaqqol ko'rasiz, sezasiz. Ana shunda siz butun boshli evolutsiya degan jarayonda ishtirok etayotganingizni his qilasiz.

Mavzuga hozircha mana shu yerda tanaffus beraman. Siz yuqoridagi yozganlarimni o'qib, hazm qilishga harakat qilib ko'ring. Tez orada sizga yana bir ajoyib, siz har kuni ko'radigan analogiya bilan qaytish qilaman. Ko'rishguncha)))

@hujayrauz
68 views11:35
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:35:56 "Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?"
(1-qism)

Darvinning tug'ilgan kuni haqida post qo'yganimdan keyin uni ostida izohlar yomg'iri boshlandi. Shunday bo'lishi tabiiy edi, chunki aksariyatimiz, hatto aksariyat biologlarning o'zi ham Darvin haqida umumiy omma gapiradigan gapdan boshqa narsani bilmaydi. Uning biror asarini boshdan oyoq o'qimasdan, uning geologiya, biologiya, botanika va boshqa sohalardagi fikrlari bilan yaqindan tanishgan bo'lmasdan turib bemalol Darvinni muhokama qilaveradilar. Tarki odat amri mahol)))

Xullas mana shu savollar ichida menga bir savol berildi: "Agar evolutsiya chindan ham mavjud bo'lsa, nega biz uni ko'rmayapmiz?" Chindan ham haqli savol! Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz, agar turlar o'zgaradigan bo'lsa, nega biz ular orasidagi oraliq turlarni ko'rmayapmiz? Mantiqan olib qaraganda nihoyatda to'g'ri savol. Men ushbu savolga alohida post tarzida javob berishimni aytdim.

Avvalo shuni aytishim kerakki, evolutsiya ikkita katta qismga bo'linadi: mikroevolutsiya va makraevolutsiya.

Mikroevolutsiya - bu tur ichidagi tadrijiy rivojlanishdir. Bunda o'zgarishlar bir tur doirasida kechadi. Jarayon bir necha yuz yildan ming, hatto million yillar davomida sodir bo'ladi. Mikroevolutsiya jarayonini yuksak tuzilgan organizmlar, jumladan umurtqali hayvonlar, murakkab tuzilgan umurtqasizlar, masalan, hasharotlar, o'rgimchaklar; yuksak o'simlik (yuksak o'simlik degani - ildizi, poyasi va bargi bor har qanday o'simlik) turlarida bevosita kuzatishning imkoni mavjud emas. Chunki jarayon juda ham sekin va uzoq davom etadi. Jarayonni payqash uchun odamning umri yetmaydi. Lekin mikroevolutsiyani sodda tuzilgan bir hujayrali organizmlarda yoki viruslarda bevosita kuzatish imkoni mavjud. Chunki ushbu organizmlarda genom miqdori juda ham oz va ular oqsil bilan birikmaganligi bois shiddatli tarzda tez mutatsiyaga uchray oladi. Oddiy misol bilan tushuntirsam, o'tgan yili sizni uyingizga qamab qo'ygan SARS-CoV-2 virusining yangi Britancha shtammi ana shu mikroevolutsiyaga yorqin misol bo'la oladi.

Makroevolutsiya esa turdan yuqori bo'lgan taksonomik birliklar ichidagi tadrijiy rivojlanishdir. Bunday rivojlanishlar million yillar bilan o'lchanadi va buning aqalli biror nuqtasini odamzot bevosita bo'lsa ham kuzata olmaydi. Chunki jarayon juda juda sekin, juda juda uzoq va juda juda katta masshtabda kechadi. Makroevolutsiyani faqatgina ilmiy metodlar asosida "ko'rish" mumkin. Men maktabda o'qiyotganimda 6-sinfda geografiya o'qituvchim Avstraliya qit'asini o'tganimizda, ushbu qit'a tirnoq o'sish tezligida shimolga tomon harakatlanayotganligini aytgani hamon yodimda turibdi. O'shanda domlamiz "bu hozir men bilan sizga sezilmaydi. Lekin ushbu qit'aning harakatini modellashtirib, deylik mln yildan keyin u qayerda bo'lishini bevositada ilmiy bashorat qilish mumkin" degan edi.

Keling odam evolutsiya haqida qisqacha to'xtalamiz. Hozirgi kunda biologiyadagi mavjud dalillarga quloq tutadigan bo'lsak, hozirgi zamonaviy uquvli odam (𝐻𝑜𝑚𝑜) urug'ining kelib chiqishi 4.2-1.8 mln yillar avval hozirgi Afrika hududida yashagan avstrolopiteklar (𝐴𝑢𝑠𝑡𝑟𝑎𝑙𝑜𝑝𝑖𝑡ℎ𝑒𝑐𝑢𝑠) ga borib taqaladi. Fan qo'lida mavjud bo'lgan dalillarni taqdim etadigan bo'lsa 4,2 mln yil avval yashagan avstrolopitek bilan hozirgi odamning bir-biridan keskin farq qilishini ko'rishimiz mumkin. Chunki bu ikki urug' bir evolutsiya jarayonining ikki chekkasi bo'lib, ularni umumiy holatda ko'rganda jarayon qanday kechganligini ko'rish mumkin bo'ladi.

@hujayrauz
67 views11:35
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:30:49 ​​Bundan roppa-rosa 212 yil muqaddam 1809-yilda Angliyaning Shrusberi shahrida biologiya fanida chinakam burulish yasagan, o'zining ilmiy nazariyalari bilan fan taraqqiyotini keskin rivojlanishiga sababchi bo'lgan buyuk olim, tabiatshunos, geolog va biolog Charlz Robert Darvin dunyoga kelgan edi.

Buyuk olim tavalludining 212 yilligi munosabati bilan bir hafta davomida har kuni Charlz Darvin hayoti, uning ilmiy faoliyati va nazariyalari haqida postlar e'lon qilib boraman. Ungacha esa Charlz Darvin haqida yozilgan ushbu maqolamizni o'qib "razminka" qilib turing

Maqola: https://hujayra.uz/charlz-darvin-haqida-siz-bilmaydigan-10-ta-fakt/

@hujayrauz
69 views11:30
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:27:24 Bugun xalqaro Darvin kuni.
Darvin kuni - Charlz Darvinning tug'ilgan kunini 12-fevralda nishonlash. Bu kun Darvinning ilm-fanga qo'shgan hissasini ta'kidlash va umuman ilm-fanni targ'ib qilish uchun ishlatiladi. Darvin kuni butun dunyoda nishonlanadi. [Google Translator]

https://en.wikipedia.org/wiki/Darwin_Day

Biz Darvinga sig'inmaymiz, unga salovot aytmaymiz, kitobini o'qiymiz ammo bu savob bo'ladi uchun yoki o'likka yengil bo'lishi uchun emas, balki ilm-fanni o'rganish uchun. (Qaysidir telba domla dadang o'lsa qabri tepasida Darvinni kitobidan parcha o'qib beringlar degan mazmunda o'zicha mazax qilgan edi, ateistlarga qarata. Bitta baliq hamma hayvonlar suvda yashaydi deb o'ylarkan.)
187 views11:27
Ochish/sharhlash
2021-02-12 14:14:26
Бугун 12-февраль инглиз биологи Чарльз Дарвиннинг туғилган куни.

@EpubKitoblar
48 views11:14
Ochish/sharhlash
2021-02-12 00:08:18
#Obunachilardan))
129 viewsedited  21:08
Ochish/sharhlash
2021-02-11 18:57:02 #Tarix
Sovet O'zbekistoni musiqasi.



110 views15:57
Ochish/sharhlash