Get Mystery Box with random crypto!

​​'Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?' (2-qism) Keling xuddi | Antiateistik kanallarga javoblar | Non-theism 🇺🇦

​​"Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?"
(2-qism)

Keling xuddi mana shu jarayonni bir analogiya bilan tushuntirib berishga harakat qilay.

E'tiboringizni quyidagi 1-rasmga qaratsangiz. Bu yerda ranglar spektri keltirilgan. Ranglar qizildan to siyohranggacha o'zgarganini yaqqol ko'rish mumkin. Sababi biz butun boshli holatga (jarayonga) umumiy nigoh bilan qarab turibmiz. Bu rasmda chetki ranglar aniq farqlanishini ko'rsak ham, lekin ranglar qanday va qaysi chegarada o'zgarayotganini ko'ra olmaymiz.

Keling endi rasmning qizil va sabzirang qismini kattalashtirib ko'ramiz. E'tiboringizni 2-rasmga qaratsangiz. Biz ushbu rasmda qizil rang sabzirangga o'zgarganligini ko'rishimiz mumkin. Lekin bunda ham yaqqol o'zgarish chegarasini sezmaymiz. Rasmga e'tibor bilan qarang, chap tomondagi qizildan bir millimetr o'ngga qarab siljing, rang farqlanishni boshlaydi, lekin buni siz amalda sezmaydi. To o'ng burchakka kelguningizgacha yaqqol farqlanuvchi chegarani sezmaysiz, lekin tasvirga umumiy nigoh bilan qarasangiz chapdagi qizil rang o'ngda sabzirangga aylanganiga guvoh bo'lasiz.

Keling endi mana shu 2-rasmning o'rta qismidan kattalashtirib ko'ramiz. E'tiboringizni 3-rasmga qaratsangiz. Xo'sh, siz biror chegara yoki farqni ko'ryapsizmi? Yo'q albatta, sizga barchasi sabzirang bo'lib ko'rinmoqda. Shundaymi?

Ha, evolutsiya, jumladan makroevolutsiya ham xuddi mana shunday kechadi. Siz uni o'zingizning atrofingizda, siz yashayotgan vaqtda sezmaysiz, ko'ra olmaysiz, amalda bu imkonsiz narsa. Lekin siz butun boshli jarayonga teparoqdan, uzoqroqdan umumiy nigoh bilan qarasangiz jarayon qanday kechayotganligini yaqqol ko'rasiz, sezasiz. Ana shunda siz butun boshli evolutsiya degan jarayonda ishtirok etayotganingizni his qilasiz.

Mavzuga hozircha mana shu yerda tanaffus beraman. Siz yuqoridagi yozganlarimni o'qib, hazm qilishga harakat qilib ko'ring. Tez orada sizga yana bir ajoyib, siz har kuni ko'radigan analogiya bilan qaytish qilaman. Ko'rishguncha)))

@hujayrauz