Get Mystery Box with random crypto!

'Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?' (1-qism) Darvinning tug | Antiateistik kanallarga javoblar | Non-theism 🇺🇦

"Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz?"
(1-qism)

Darvinning tug'ilgan kuni haqida post qo'yganimdan keyin uni ostida izohlar yomg'iri boshlandi. Shunday bo'lishi tabiiy edi, chunki aksariyatimiz, hatto aksariyat biologlarning o'zi ham Darvin haqida umumiy omma gapiradigan gapdan boshqa narsani bilmaydi. Uning biror asarini boshdan oyoq o'qimasdan, uning geologiya, biologiya, botanika va boshqa sohalardagi fikrlari bilan yaqindan tanishgan bo'lmasdan turib bemalol Darvinni muhokama qilaveradilar. Tarki odat amri mahol)))

Xullas mana shu savollar ichida menga bir savol berildi: "Agar evolutsiya chindan ham mavjud bo'lsa, nega biz uni ko'rmayapmiz?" Chindan ham haqli savol! Biz nega evolutsiyani ko'rmayapmiz, agar turlar o'zgaradigan bo'lsa, nega biz ular orasidagi oraliq turlarni ko'rmayapmiz? Mantiqan olib qaraganda nihoyatda to'g'ri savol. Men ushbu savolga alohida post tarzida javob berishimni aytdim.

Avvalo shuni aytishim kerakki, evolutsiya ikkita katta qismga bo'linadi: mikroevolutsiya va makraevolutsiya.

Mikroevolutsiya - bu tur ichidagi tadrijiy rivojlanishdir. Bunda o'zgarishlar bir tur doirasida kechadi. Jarayon bir necha yuz yildan ming, hatto million yillar davomida sodir bo'ladi. Mikroevolutsiya jarayonini yuksak tuzilgan organizmlar, jumladan umurtqali hayvonlar, murakkab tuzilgan umurtqasizlar, masalan, hasharotlar, o'rgimchaklar; yuksak o'simlik (yuksak o'simlik degani - ildizi, poyasi va bargi bor har qanday o'simlik) turlarida bevosita kuzatishning imkoni mavjud emas. Chunki jarayon juda ham sekin va uzoq davom etadi. Jarayonni payqash uchun odamning umri yetmaydi. Lekin mikroevolutsiyani sodda tuzilgan bir hujayrali organizmlarda yoki viruslarda bevosita kuzatish imkoni mavjud. Chunki ushbu organizmlarda genom miqdori juda ham oz va ular oqsil bilan birikmaganligi bois shiddatli tarzda tez mutatsiyaga uchray oladi. Oddiy misol bilan tushuntirsam, o'tgan yili sizni uyingizga qamab qo'ygan SARS-CoV-2 virusining yangi Britancha shtammi ana shu mikroevolutsiyaga yorqin misol bo'la oladi.

Makroevolutsiya esa turdan yuqori bo'lgan taksonomik birliklar ichidagi tadrijiy rivojlanishdir. Bunday rivojlanishlar million yillar bilan o'lchanadi va buning aqalli biror nuqtasini odamzot bevosita bo'lsa ham kuzata olmaydi. Chunki jarayon juda juda sekin, juda juda uzoq va juda juda katta masshtabda kechadi. Makroevolutsiyani faqatgina ilmiy metodlar asosida "ko'rish" mumkin. Men maktabda o'qiyotganimda 6-sinfda geografiya o'qituvchim Avstraliya qit'asini o'tganimizda, ushbu qit'a tirnoq o'sish tezligida shimolga tomon harakatlanayotganligini aytgani hamon yodimda turibdi. O'shanda domlamiz "bu hozir men bilan sizga sezilmaydi. Lekin ushbu qit'aning harakatini modellashtirib, deylik mln yildan keyin u qayerda bo'lishini bevositada ilmiy bashorat qilish mumkin" degan edi.

Keling odam evolutsiya haqida qisqacha to'xtalamiz. Hozirgi kunda biologiyadagi mavjud dalillarga quloq tutadigan bo'lsak, hozirgi zamonaviy uquvli odam (𝐻𝑜𝑚𝑜) urug'ining kelib chiqishi 4.2-1.8 mln yillar avval hozirgi Afrika hududida yashagan avstrolopiteklar (𝐴𝑢𝑠𝑡𝑟𝑎𝑙𝑜𝑝𝑖𝑡ℎ𝑒𝑐𝑢𝑠) ga borib taqaladi. Fan qo'lida mavjud bo'lgan dalillarni taqdim etadigan bo'lsa 4,2 mln yil avval yashagan avstrolopitek bilan hozirgi odamning bir-biridan keskin farq qilishini ko'rishimiz mumkin. Chunki bu ikki urug' bir evolutsiya jarayonining ikki chekkasi bo'lib, ularni umumiy holatda ko'rganda jarayon qanday kechganligini ko'rish mumkin bo'ladi.

@hujayrauz