Get Mystery Box with random crypto!

Andrology_uz 🔞

Telegram kanalining logotibi andrology_uz — Andrology_uz 🔞 A
Telegram kanalining logotibi andrology_uz — Andrology_uz 🔞
Kanal manzili: @andrology_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 9.13K
Kanalning ta’rifi

Mazkur kanal jinsiy muammolarning ilmiy yechimi bo‘lib xizmat qiluvchi yagona kanaldur.
Farg‘ona viloya, Qo‘qon sh, Yangi hayot 56А; Qabul: Dushanbadan-Jumagacha 8.00-14.00
Eski 1-gor Bolnitsa yaqinida, Shahar IIB yaqinida.
📞 99897 5010078 ⌚️(14.30-21.00

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2021-02-13 08:49:08 Ism: AHMAD
Yosh: 15
Manzil: Samarqand
Mavzu: GIPOSPADIYA

Savol:Salom doxtor Menda gipospadiya bor aytingchi OPERATSIYA qildiraymi 2 sm PASTGA siljigan onanizm bilan shugulanganman OPERATSIYA EREKSIYAga tasir qilmaydimii javobingiz uchu OLDINDAN rahmat

Javob:gipospadiya operatsiyasi bilan shugullanadigan doktorga korinishiz kerak juda ham kam doktor shugullanadi bu ish bilan, Operatsiya erektsiyaga ta'sir qilmaydi, Onanizmni ham dahli yoq gipospadiya uchun lekin zararli odat tashlang buni

@andrology_uz
1.6K viewsZarifjon MURODOV, 05:49
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:47:55 Ism: .....
Manzil: Qaraqalpog'iston
Mavzu: Moyak saratoni

Savol:Assalomu aleykum sizga savolim shuki moyak saratoni 2 bosqich 2 klenik gurux deb tashxis qo'yilgandan keyin o'z vaqtida muolaja qilinip turilsa budardni yengish mumkinmi va sog'lom insonlar qatoriga kira oladimi butunlay sog'ayip ketsa bo'ladimi

Javob:Uro-onkolog nazoratida turib kerakli dorilarni olib turilsa soglomlikka qaytsa boladi

@andrology_uz
1.7K viewsZarifjon MURODOV, 05:47
Ochish/sharhlash
2021-02-13 08:46:42 Ism: Shox
Yosh: 23
Manzil: Sirdaryo viloyati guliston shahri
Mavzu: Jinsiy ereksiya

Savol:Salom doktor menda jinsiy ereksiya sust bolyapti onanizm bilan 7-8 yil mukasidan ketib shugulandm hoz tashadm prostatitdan ham 2 marta davolandm aytinchi iziga tushadmi uydagilar bu yil uylashmoqchi havotirdaman

Javob:agar toy yaqin bolsa va siz erektsiyadan konglizgiz tolmayaotgan bolsa doktorga uchrab korik tekshiruvlardan otib davolanishiz kerak boladi, muammoni hal qilish uchun analiz natijalariga kora 2-4-6oy ketishi mumkin

@andrology_uz
1.7K viewsZarifjon MURODOV, 05:46
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:55:45 ​#фойдали_маълумотлар

Sperma sifatini yomonlashtiradigan
omillar va urug’ foizini ko’tarish uchun nima qilish kerak

Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorg’oqda joylashishi bejizga emas. To’laqonli spermatozoidlarning yetilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bo’lishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi.
Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urug’lantirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bo’sh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi.

Zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik. Bunday holda urug’ foizini qanday yaxshilash mumkin? Urug’lantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun etarli bo’ladi.

Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bo’lsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar — bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda, urug’ foizini ko’paytirish va spermatozoidlarning harakatchanligi darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qo’llash orqali erishiladi.

Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yaxshilaydi.
Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda ko’proq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga o’zgartirish tavsiya etiladi.

@andrology_uz
www.andrology.uz
2.3K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 12:55
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:55:25
​#қисқа_фактлар

Ayollar qishdagiga nisbatan bahorda jinsiy faol bo'ladi chunki har xil hidlar ayollarning shahvoniy hirslarini uyg'otadi. Shu sabab qarama-qarshi jinsdegilarga qiziqishi ortadi.
Odamlar bekorga bahorni muxabbat fasli deyishmaydi

@andrology_uz
www.andrology.uz
2.1K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 12:55
Ochish/sharhlash
2021-02-12 15:55:08
#Аслановдан_иқтибос

Масалан аптекага кирасиз. Кимдир рецептни узатади сотувчига..
Бирор дори 5 та ёзилган бўлса, аввал нархини сўрайди ва кейин "иккита бериб туроврингчи ҳозирча" дейди... Жуда таъсир қилади шунақа нарсалар манга..
Энди, шунақа одамларга кимдир 200 минг сўмлик мажбурий обуна қилдирса.. Ва баъзи журналистлар чиқиб
"халқ ўқимай қўйди, маънавиятимиз, маърифатимиз ошиши керак, обуна бўлиши керак" деса, башарасига мушт туширгим келади.
Ўзи урушқоқмасман.

@andrology_uz
www.andrology.uz
2.1K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 12:55
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:51:18 ​#фойдали_маслаҳатлар
#аёл

1. Биринчи уч ойликда иложи борича тишларни эҳтиёт қилиб, кўпроқ кальцийга бой махсулотлардан истеъмол қилинг-да, стоматолог кўригини кейинроққа суриб туринг. Чунки илк уч ойликда ҳомила жуда сезувчан ва нозик бўлади.

2. Ҳомиладорликнинг иккинчи уч ойлиги тишларни даволаш учун энг қулай вақт саналади. Бу даврга келиб, кичкинтойнинг органлари деярли ривожланиб бўлади ва даво чоралари унга зарар етказмайди.

3. Шунингдек ҳомилдорликнинг оxирги ойларида ҳам тишларни даволатиш тавсия этилмайди. Чунки бу бўлажак она учун кичик бўлса-да, стресс саналади.

4. Ҳозирги кунга келиб, ҳомилага таъсир этмайдиган оғриқни қолдирувчи дори воситаларлари ишлаб чиқарилмоқда. Сизга уларнинг қай бири мос эканлигини тиш шифокорининг ўзи белгилайди.

5. Милкингиз қонаса, тишларингиз сезувчан бўлиб қолса ва тиш оғриғи узоқ давом этса, ҳомиладорликнинг қайси ойида бўлишингиздан қатъий назар шифокор кўригидан ўтинг.

6. Тишларни оқартириш, тошларни олиб ташлаш, тиш қаторини текислаш ва тишни рентген қилиш ҳомиладор аёлга ман этилади!

7. Ҳомиладорликнинг баxтли онларини касал бўлмай ўтказишни истасангиз, ҳомиладорликни режалаштиришдан олдин нафақат тишларингизни балки бутун организмни кўрикдан ўтказинг. Керак бўлса, даволанинг. Аxир соғлом онадан соғлом фарзанд дунёга келади!

@andrology_uz
www.andrology.uz
2.7K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 04:51
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:50:54
#фойдали_маълумотлар

Инсон папиллома вируси

Инсон папилломавируси энг замонавий хасталиклардан бири. Турли манбаларда репродуктив ёшдаги 70-95 фоиз инсонларда у қайсидир даражада ривожлангани қайд этилган. Айни пайтда касалликнинг юздан зиёд тури аниқланган. Уларнинг фақатгина 40 тури ўта салбий таъсир кўрсатиш хусусиятига эга. Қолганлари безарар ёки ёрқин аломатга эга эмас. Бачадон бўйни саратони хасталигининг ривожланишига ҳам ушбу касаллик сабаб бўлиши мумкин. Бунда инсон папилломавируси аввало жинсий алоқа йўли билан юқади ва кейинчалик саратоннинг авж олишига сабаб бўлади.

Юқиш йўллари: жинсий алоқа

@andrology_uz
www.andrology.uz
2.5K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 04:50
Ochish/sharhlash
2021-02-10 07:53:38
#кулгитерапия

Ma'lumotti qarang))
Magistr hojimikan, bakalavrmi?)

@andrology_uz
www.andrology.uz

Фейсбук Дилшод Одилов ленталаридан олинди.
3.5K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 04:53
Ochish/sharhlash
2021-02-10 05:30:18
#мулоҳаза_учун

«Африкага дори-дармон юборишга қарор қилиб, анча-мунча дори тўплагандик, лекин бир муаммо юракларимизни пора-пора қилди, дорилар йўриқномасидаги бир ёзув бизни йиғлатди...
Африкаликлар учун зарур бўлган ҳамма дориларнинг йўриқномасига «Тўқ қоринга ичилсин», деб ёзилганди...»

Чарльз Буковски
Америка ёзувчиси ва журналист.

@andrology_uz
www.andrology.uz
3.1K viewsBahrom Israilov Abu Idris Hospital ZM, 02:30
Ochish/sharhlash