Get Mystery Box with random crypto!

​#фойдали_маълумотлар Sperma sifatini yomonlashtiradigan o | Andrology_uz 🔞

​#фойдали_маълумотлар

Sperma sifatini yomonlashtiradigan
omillar va urug’ foizini ko’tarish uchun nima qilish kerak

Moyaklarning harorati. Erkaklarning moyaklari tashqarida, yorg’oqda joylashishi bejizga emas. To’laqonli spermatozoidlarning yetilishi uchun moyak harorati normal tana haroratidan bir necha darajaga past bo’lishi kerak. Moyaklarning har qanday, hatto arzimagan darajada qizib ketishi, spermatozoidlarning harakatchanligini susaytiradi.
Spermatozoidlarning harakatchanligi biroz vaqtga emas, balki yangi spermiylar yetilmagunigacha pasayadi. Bola urug’lantirishga tayyorgarlik ko’rayotganda, tabiiy matolardan tikilgan, bo’sh turadigan ichki kiyimlar kiyish, shuningdek moyaklarning qizib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan omillarini kamaytirish tavsiya etiladi.

Zararli odatlar: chekish, spirtli ichimliklar, giyohvandlik. Bunday holda urug’ foizini qanday yaxshilash mumkin? Urug’lantirish kutilishidan kamida uch oy oldin chekishdan, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste’mol qilishdan bosh tortish. Bu muddat sperma butunlay yangilanishi uchun etarli bo’ladi.

Noqulay ekologik vaziyat nafaqat salomatlik, balki spermaga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy moddalar (jumladan, maishiy kimyoviy moddalar) bilan doimiy aloqalar, mobil telefonlardan chiqadigan nurlanish (oz bo’lsada), ifloslangan havo, chiqindi gazlar — bu omillarning barchasi sperma holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holda, urug’ foizini ko’paytirish va spermatozoidlarning harakatchanligi darajasini kuchaytirishga antioksidantlarni qo’llash orqali erishiladi.

Antioksidantlar nafaqat atrof muhit omillarining salbiy ta’sirini bartaraf etadi, ushbu moddalar shakllanayotgan spermatozoidlarni himoya ham qiladi, ularning oziqlanishini yaxshilaydi.
Stressli holatlar erkaklarning reproduktiv salomatligini yomonlashtiradi. Bu holatda ko’proq dam olish, vaziyatni tinchroq holatga o’zgartirish tavsiya etiladi.

@andrology_uz
www.andrology.uz