Get Mystery Box with random crypto!

Yurak Amri

Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri Y
Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri
Kanal manzili: @amri_yurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2022-08-24 09:42:03
Qur’oni karimning ko‘plab oyati karimalarida ota-onaga yaxshilik qilish, ularning roziliklarini topishga amr qilinadi..!

Alloh taolo Isro surasida shunday marhamat qiladi: “Rabbingiz, Uning O‘zigagina ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson!) Agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga yetsalar, ularga “uf!” dema va ularni jerkima! Ularga (doimo) yoqimli so‘z ayt”

(Isro surasi, 23 oyat).

«Ota-onasiga yaxshiliklar qilib, yaxshi muomalada bo‘lib, ularni mamnun etgan kishining umri barakali, uzun bo‘ladi. Aksincha, ularni ranjitib, xafa qilgan kimsaning umri qisqa bo‘ladi».
Qiyomat kun eng og’ir jazolanuvchilar ota-onasini ranjitganlar bo‘ladi. O’sha dahshatli kunda Alloh rahmatidan ularni uzoq qiladi.
389 views06:42
Ochish/sharhlash
2022-08-23 21:40:02
NAMOZ VAQTLARI:
24.08.2022yil. Chorshanba

Muharram — 26. 1444-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ
302 views18:40
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:05:29
“Allohga tavakkul qiling! Alloh tavakkul qiluvchilarni sevar”.
(Oli-imron surasi, 159-oyat).

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: “Sizlar Allohga haqiqiy tavakkal qilsalaringiz ertalab och chiqib kechqurun to‘q qaytgan qushlar kabi sizlarni ham rizqlantiradi”.
Ahmad va Termiziy rivoyati.
404 views16:05
Ochish/sharhlash
2022-08-23 19:05:21
Shayx Muhammad ibn Solih al-Usaymin rahimahulloh dedi:

السواك للصائم وغيره سنة لقول النبي ﷺ (السواك مطهرة للفم مرضاة للرب) في كل وقت في الصباح وفي الظهر وبعد العصر ثم إن كان السواك له طعم مثل السواك الجديد فلا يبتلع الطعم وإن لم يكن له طعم فلا بأس أن يبتلع ريقه وإن كان قد تسوك.

Xoh ertalab, xoh peshinda, xoh asrdan keyin, umuman harvaqt misvok ishlatish ro‘zadorga ham, ro‘za tutmaganga ham sunnatdir. Nabiyning ﷺ mana bu so‘zlariga binoan: «Misvok og‘izni poklovchi va Rabbini rozi qiluvchi (amal)dir».
Agar misvokning yangi misvokda bo‘lgani kabi ta'mi bo‘lsa, uning ta'mi yutib yuborilmaydi. Agar ta'mi bo‘lmasa, so‘lakni yutib yuborishning zarari yo‘q, garchi u misvokni ishlatgan bo‘lsa ham
❞.
294 views16:05
Ochish/sharhlash
2022-08-23 04:38:30
Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)
327 views01:38
Ochish/sharhlash
2022-08-22 09:40:24
Sardor Rahimxon Eng Katta SAVDO MARKAZI ochdi

“IBN SINO- SAVDO MARKAZI” https://t.me/stroymartuz

O’zbekistondagi eng Katta “IBN SINO-SAVDO MARKAZI” dan Do’kon sotib olishga ulguring

Boy bo’lish oson, Ulgurish KERAK
Tel 93-840-88-88 @stroymart.uz
397 views06:40
Ochish/sharhlash
2022-08-22 09:40:12
Ronaldo afsonami yoki Messi?
350 views06:40
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:51:33
ISLOMNING MADORI BO‘LGAN TO‘RT HADIS

Ali ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Kishi Islomining go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun befoyda bo‘lgan narsani tark qilishidir", dedilar".
Termiziy, Ahmad va al-Hokim rivoyat qilishgan.

Sharh: Bu hadisi sharif Islomning madori bo‘lgan to‘rt hadisning biridir.
Imom Abu Dovud rahmatullohi alayhi:
"Bu hadis Islomning madori bo‘lgan hadislardandir.
Insonning dini uchun to‘rtta hadis kifoya qilur:
1. "Albatta, amallar niyatga bog‘likdir" hadisi.
2. "Birortangiz toki o‘ziga yaxshi ko‘rgan narsani o‘z birodariga ham yaxshi ko‘rmaguncha mo‘min bo‘la olmaydi" hadisi.
3. "Kishi Islomining go‘zal bo‘lishi o‘zi uchun behuda bo‘lgan narsani tark qilishidir" hadisi.
4. "Albatta, halol ochiq-oydindir, harom ochiq-oydindir" hadislari", degan ekanlar.

Eslating, eslatish mo'minlarga manfaat berur!

Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzating:
Telegram | Instagram | TikTok | Youtube
343 views15:51
Ochish/sharhlash
2022-08-21 09:15:17
Anas roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Meni yuqoriga olib chiqishgach, bir qavm yonidan o‘tdim. Ularning tirnoqlari misdan bo‘lib, o‘z yuzlari va ko‘kraklarini timdalar edilar. «Ey Jabroil, ular kim?» deb so‘ragan edim, «Ular odamlarning go‘shtlarini yeydigan va nomuslariga tajovuz qiladigan kimsalardir», deya javob berdi» (Abu Dovud rivoyati).

Tavfiq Allohdan. Ey Allohim, bizga lutf-marhamating ila muomala qil. Ey rahmlilarning rahmlisi, O‘zing bizni afv ayla.
348 views06:15
Ochish/sharhlash
2022-08-21 02:31:29
​​#kun_hikmati

— Nima uchun sizga yomonlik qilishsa ham, siz yaxshilik qilaverasiz?

— Yaxshiligim bilan uning hayotini afzal, o‘zimning kunimni go‘zal, tamoyillarimni kuchli, ruhimni toza, nafsimni musaffo qilaman!
328 views23:31
Ochish/sharhlash