Get Mystery Box with random crypto!

Yurak Amri

Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri Y
Telegram kanalining logotibi amri_yurak — Yurak Amri
Kanal manzili: @amri_yurak
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 491

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-09-16 07:02:24
Juma – har bir daqiqasi Allohning marhamatiga to‘la bo‘lgan kundir. Ba’zan biz bu kunni boshqa kunlar singari oddiygina o‘tkazamiz, e’tiborsizlik qilib qanchadan-qancha savoblardan bebahra qolayotganimizni anglamaymiz.
804 views04:02
Ochish/sharhlash
2022-09-16 06:35:26
Allohning kalomi ila qalblar orom olsin!

َإِذَا قُرِئَ ٱلۡقُرۡءَانُ فَٱسۡتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمۡ تُرۡحَمُونَ
Qur’on tilovat qilganda uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad rahmatga erishsangiz.
(Sura Al-A'raf 204)
388 views03:35
Ochish/sharhlash
2022-09-16 00:41:06
JUMA kunida sunnat boʻlgan amallar:
389 views21:41
Ochish/sharhlash
2022-09-15 19:32:42
Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin...

Allohning sizu biz uchun bergan yana bir Jumasi Muborak bo’lsin! Alloh har birimizga oila a’zolarimizga Jamiki Ummati Muhammadga Hayirli, Barokatli, Fayzli qilib bergan bo’lsin aziz dindoshim

Juma Ayyom muborak!


Yaqinlarni Sayyidul Ayyom bilan qutlang
1.3K views16:32
Ochish/sharhlash
2022-09-15 13:33:47
Alloh taolo shunday marhamat qilgan:
«Biror musibatni paydo qilmasimizdan oldin u Kitobda bitilgan bo‘lur, aks holda, yer yuzida va o‘z shaxslaringizda sizga biror musibat yetmas. Albatta, bu ish Alloh uchun osondir. Toki, ketgan narsaga qayg‘urib, kelgan narsadan xursand bo‘lmasligingiz uchun» («Hadid» surasi, 22, 23-oyatlar).
468 views10:33
Ochish/sharhlash
2022-09-15 00:38:15
NAMOZ VAQTLARI:
15.09.2022yil. Payshanba

Safar — 18. 1444-yil


“𝐀𝐡𝐥𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳 (𝐨ʻ𝐪𝐢𝐬𝐡) 𝐠𝐚 𝐛𝐮𝐲𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠 𝐯𝐚 (𝐨ʻ𝐳𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳 𝐡𝐚𝐦) 𝐮𝐧𝐠𝐚 (𝐧𝐚𝐦𝐨𝐳𝐠𝐚) 𝐛𝐚𝐫𝐝𝐨𝐬𝐡𝐥𝐢 𝐛𝐨ʻ𝐥𝐢𝐧𝐠!”
ᴛᴏʜᴀ sᴜʀᴀsɪ 132-ᴏʏᴀᴛ
352 views21:38
Ochish/sharhlash
2022-09-05 21:05:05
Kim kechasi turib tahajjud, nafl namozlarida Qurʼondan o‘n oyat o‘qisa nomai amoliga Allohning zikridan va toatidan g‘ofillardan deb yozilmasligi, agar yuz oyat o‘qisa ibodat qiluvchi, toatda doim bo‘luvchi, kechani qoim qiluvchilardan deb yozilishi, agar ming oyat o‘qisa ulug‘, behisob qiyrot-qiyrot ajrni hosil qiluvchilardan deb yozilishi zikr qilingan.
273 views18:05
Ochish/sharhlash
2022-09-05 13:26:31
Allohni ko‘p zikr etgan bandaning qalbi poklanadi, imoni mustahkamlanadi, duolari ijobat bo‘ladi, ixlosi ortadi. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) bunday marhamat qilganlar: “Qaysi bir qavm (jamoa) Allohning zikri uchun yig‘ilsa, ularni farishtalar tavof qiladilar, ularga Allohning rahmati yog‘iladi, ularning davrasiga sokinlik tushadi, Alloh ularni O‘ziga yaqin farishtalar bilan birga yodlaydi” (Muslim rivoyati).
290 views10:26
Ochish/sharhlash
2022-09-04 13:25:30 Ayolingiz ko‘zingizga yomon ko‘rina boshlasa...!

Bir yigit hikmat va tajriba egasi bo‘lgan bir donishmandning oldiga bordi. Unga shunday shikoyat qildi:

- Ayolimni birinchi bor ko‘rganimda, Alloh dunyoda boshqa bu kabi go‘zal ayolni yaratmagan bo‘lsa kerak deb o‘ylagandim. Unga gapirib boshlaganimdan so‘ng esa, bu kabi ayollar ko‘p ekanini ko‘rdim. Unga uylanganimdan so‘ng esa, undanda go‘zal ayollar ko‘p ekanini his qildim. U bilan biroz muddat yashaganimdan so‘ng esa, dunyodagi istalgan ayol mening xotinimdan yaxshiroq ekaniga amin bo‘ldim.

Hakim kishi shunday dedi:
- Senga bundanda past va yomon narsaning xabarini beraymi?
Yigit:
-Ha.
Donishmand:
- Agar sen dunyodagi barcha ayollarni nikohinga olib chiqsang ham, ko‘chadagi manashu daydi itlar ham shu ayollardanda yaxshi ekanini ko‘rar eding.
Shunda yigit:
- Nega bunday deyapsiz?

Donishmand:
- Chunki muammo sening ayolingda emas. Muammo shundaki, agar inson qalbi hirsga, nazari shahvatga berilsa, uni Allohdan bo‘lgan hayosi tark etadi. Bu ko‘zni esa faqat qabr tuprog‘i to‘ldiradi.
Sening aybing Alloh harom qilgan narsadan nazaringni tiymaganingdir!
Ayoling oldingi holiga, dunyodagi eng chiroyli ayol holatiga qaytishini istaysanmi?

Yigit: ha, dedi.

- Unda nazaringni tiy! Alloh taolo: “Sen mo‘minlarga ayt, ko‘zlarini tiysinlar va farjlarini saqlasinlar. Ana shu ular uchun pokdir. Albatta, Alloh nima hunar qilayotganlaridan xabardordir.”-deb marhamat qilgan.
Nimaiki qo‘lingda bo‘lmasa u senga chiroyli va afzal ko‘rinaveradi. Unga erishgach esa, sen uchun oddiy narsaga aylanadi.

Qo‘ling ostidagiga qanoat qil. Yo‘qsa, qabrga kirguningga qadar dunyo matohi va go‘zalliklari ortidan quvganing qoladi xolos. Men senga bulardanda chiroyliroq, bulardanda afzalroq narsani aytaman. Bu Alloh taologa ibodat va solih amaldir. Buning lazzatini faqat astoyidil harakat qilgan insongina tatiydi.

Allohdan hamisha ayolingni ko‘zinga go‘zal qilib ko‘rsatishini va uning muhabbati bilan rizqlantirishini so‘ra.
335 views10:25
Ochish/sharhlash
2022-09-04 13:25:08
Abu Hurayra roziyallohu anhudan: "Jannatda erkaklar ko‘pmi yo ayollar?" deb so‘rashganda: "Har bir kishi uchun ikkita ayol bo‘ladi, ularning boldirlari suyagidagi iliklari go‘shtining ustidan ko‘rinib turadi. Jannatda bo‘ydoq odam bo‘lmaydi", dedilar.
Ibn Mas'uddan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Jannat ahlidan bo‘lgan ayol (shunchalik go‘zalki) boldirining oqligi yetmishta ziynat ortidan ham bilinib turadi, hatto iligi ham ko‘rinadi. Bu hol Alloh taolo aytganidekdir:"Ular (ya'ni, hurlar soflik va oqlikda) go‘yoki yoqut va marjonlardir" (Rahmon, 58). Chunki yoqut shunday toshki, agar uning orasidan ip o‘tkazsang, sofligidan u ip ko‘rinib turadi"
(Termiziy rivoyati).
Inson bu dunyoda taqvo qilib Jannatga kirib olsa in sha Alloh Jannatda Hurlar kutib oladi..!
256 views10:25
Ochish/sharhlash