Get Mystery Box with random crypto!

Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti A
Telegram kanalining logotibi adu_uz — Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti
Kanal manzili: @adu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9.19K
Kanalning ta’rifi

✔️Veb-sayt:www.adu.uz
✔️Facebook:www.fb.com/andsu.uz
✔️Instagram:www.instagram.com/aduuzb
✔️Twitter:www.twitter.com/adu_uz
✔️Youtube:www.youtube.com/aduuz
©Andijon davlat universiteti matbuot xizmati
Murojaat uchun: @adu_uz_bot yoki @asu_uzbbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 23

2022-09-07 20:20:07
#Muhim
#JonlI_muloqot

ERTAGA ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETINING RASMIY TELEGRAM KANALIDA JONLI MULOQOT BO'LIB O'TADI

Joriy yilning 8-sentyabr kuni soat 17:00 da Andijon davlat universitetida o'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov bilan jonli suhbat jarayoni tashkil etiladi.

Ayni kunlarda ko'plab talabalar tomonidan o‘quv jarayonlarini tashkil qilish, o‘quv smenalari, mutaxassisliklar beradigan kvalifikatsiyalar, o'qishni ko'chirish, shartnoma to'lovlari, super-kontrakt, sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchilar uchun o‘qish muddatlari kabi bir qator dolzarb mavzular bo'yicha savol-javob tashkil etiladi.

Ushbu ovozli chatda siz ham o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.

Manzil: Andijon davlat universitetining @adu_uz telegram kanali

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.6K viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:38:52
Super-kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat qabul komissiyasi qaroriga koʻra, abituriyent oʻzi tanlagan birinchi yoʻnalishga kira olmagan, lekin 2-, 3-, 4- yoki 5-yoʻnalishlardan biriga oʻqishga kirgan boʻlsa, oʻz xohishi bilan birinchi tanlagan yoʻnalishida super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bu istisno 2-, 3- yoki 4-yoʻnalishga taalluqli emas. Yaʼni beshinchi yoʻnalishga oʻqishga kirgan abituriyent ikkinchi yoki toʻrtinchi yoʻnalishni tanlab super-kontrakt qila olmaydi, faqat birinchi yoʻnalishga qilishi mumkin.

Shuningdek, tanlagan beshala yoʻnalishiga ham oʻqishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yoʻnalishdan birini tanlab, super-kontraktda oʻqishiga ruxsat beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.7K views13:38
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:28:23
Birozdan soʻng, “Oʻzbekiston” telekanalining “Munosabat” tok-shousida oliy taʼlim tizimidagi islohotlar, yangi oʻquv yilining boshlanishiga bagʻishlangan navbatdagi soni boshlanadi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi mutasaddilari hamda oliy taʼlim muassasalari masʼullari ishtirok etadi.

Koʻrsatuvni “Oʻzbekiston” telekanali orqali toʻgʻridan toʻgʻri tomosha qilishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.6K views13:28
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:25:34 Diqqat! Barchani ZAKOVAT o'yiniga chorlaymiz! Andijon Zakovat Klubi kuzgi mavsum o'yinlari boshlanmoqda... Bu mavsumdan klub o'yinlari Professional va 1-Ligaga ajratilgan holda o'tkaziladi. Klubning 1-Liga baxslari uchun jamoalar ro'yxatga olinadi. 6+1…
1.6K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:22:26 Diqqat! Barchani ZAKOVAT o'yiniga chorlaymiz!

Andijon Zakovat Klubi kuzgi mavsum o'yinlari boshlanmoqda...
Bu mavsumdan klub o'yinlari Professional va 1-Ligaga ajratilgan holda o'tkaziladi.
Klubning 1-Liga baxslari uchun jamoalar ro'yxatga olinadi.
6+1 ko'rinishida ro'yxatni @NurMuhammadamin ga jo'natishingiz mumkin(Jamoa nomi, Ism-familiya, telefon raqam ko'rinishida)
Barcha o'quvchi yoshlar, talabalar, mahalla jamoalari, davlat-tashkilot jamoalari, barcha yoshu-qarini klubimizda kutib qolamiz!
Ushbu klub o'yinlarida hech qanday cheklov yo'q, o'yinlar mutlaqo Bepul.


"Zakovat Intellektual Klubi" NNT tasarrufidagi barcha o'yinlar ("Maktab o'quvchilari Ligasi", "Talabalar Ligasi", "Marafon", "Breyn Ring", "Zakovat Quiz", "Shaxsiy o'yin", Maktablar va Talaba o'quvchilar o'rtasida Intellektual Olimpiada o'yinlari va boshqa o'yinlar) da ham ishtirok etishingiz mumkin.
G'oliblarni Zakovat stipendiyasi, OTM larga imtihonsiz qabul qilinish granti va qimmatbaxo sovg'alar kutib turibdi.

Murojaat uchun: @Nurmuhammadamin (Azizbek)
+998944383030

https://t.me/Andijon_ZakovatNNT
1.6K views13:22
Ochish/sharhlash
2022-09-07 13:46:31
#Tuhfa

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI ANDIJON VILOYAT KENGASHI UNIVERSITETIMIZGA "JADIDLAR" TO'PLAMINI SOVG'A QILDI


Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon davlat universitetiga "Jadidlar" to'plami sovg'a tariqasida topshirildi.

Ushbu sovg'alar to'plami universitet rektori Akramjon Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorektor A.Hamraqulov, universitetimiz Yoshlar yetakchisi O.Olimjonov hamda universitetimiz kutubxonasiga taqdim etildi.

“Jadidlar” to‘plami endi universitetimiz kutubxonasida ham mavjud. Umid qilamizki, mazkur to‘plamdagi qimmatli ma’lumotlar talaba-yoshlarimizning bilim va tafakkurini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati


Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.0K views10:46
Ochish/sharhlash
2022-09-07 12:11:23
#Rektor_faoliyati

UNIVERSITET REKTORI TTJDAGI TALABALARNING YASHASH SHAROITLARINI O'RGANDI

Bugun, 7-sentabr kuni Andijon davlat universiteti rektori, professor Akramjon Yuldashev universitetimizning 1-2-3 talabalar turar joylarida bo’lib, talabalar bilan uchrashdi va ularga yaratilgan sharoitlarni o'rgandi.

Batafsil: https://adu.uz/uz/news/article/2070

Andijon davlat universiteti axborot xizmati

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2.9K views09:11
Ochish/sharhlash
2022-09-07 09:07:04 Расман: супер-контракт бўйича айрим тартиблар тасдиқланди

Давлат қабул комиссияси қарори билан супер-контракт бўйича қўшимча тартиблар белгиланди.

Энг катта янгилик, бу абитуриент ўзи танлаган БИРИНЧИ йўналишга кира олмаган, лекин 2, 3, 4 ёки 5-йўналишлардан бирига ўқишга кирган бўлса, унда ўз хоҳиши билан БИРИНЧИ танлаган йўналишида супер-контрактда ўқишига рухсат берилади.

Бу истисно 2, 3 ёки 4-йўналишга тааллуқли эмас. Яъни бешинчи йўналишга ўқишга кирган абитуриент иккинчи ёки тўртинчи йўналишни танлаб супер-контракт қила олмайди, фақат БИРИНЧИ йўналишга қилиши мумкин.

Шунингдек, танлаган бешала йўналишига ҳам ўқишга кира олмаган абитуриентлар исталган бешта йўналишдан бирини танлаб, супер-контрактда ўқишига рухсат берилади.

Абитуриентлар kontrakt.edu.uz сайтига кириб, бемалол ариза қолдиришлари мумкин.

Қўшимча маълумотлар:

Супер-контракт нархини қандай ҳисоблайман?
Жавоб:
https://t.me/xushnudbek/15751

Йўналишлар кесимида супер-контракт нархи қанча?
Жавоб: https://t.me/xushnudbek/15833

4 баллгача етмаганларга ҳам 10% чегирма бериладими?
Жавоб: https://t.me/xushnudbek/15834

Вакцина олганларга чегирма бериладими?
Жавоб:
https://t.me/xushnudbek/15837


@xushnudbek
2.4K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-09-07 08:56:35
#Uchrashuv

TOMSKDA QO'SHMA DASTUR LOYIHASI BO'YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 6-sentyabr kuni Tomsk davlat universitetida tarix-siyosiy fanlar fakulteti dekani J.A.Rojneva, Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani Shamsiddinov Ravshanbek hamda kafedra mudirlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Ravshanbek Shamsiddinov universitetdagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib, hamkorlikning muhim bo‘lgan yo‘nalishlarini ta'kidlab o‘tdi va ilmiy kutubxonaga Andijon davlat universiteti nomidan kitoblar sovg‘a qildi.

Uchrashuv davomida Janna Anatolyevna o'quv jarayonlari, fakultetning asosiy yo‘nalishlari va kutilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi. Bo‘lim boshliqlari o‘z xodimlari faoliyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

2020-yilda Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda “Hujjatshunoslik va arxiv ishi” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma dastur imzolangan bo'lib, hozirda shu dastur asosida talabalar Tomsk davlat universitetida tahsil olishmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.0K views05:56
Ochish/sharhlash
2022-09-07 05:01:30
#Hikmatlar_xazinasi

Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa — tilning ofatidir.

Alisher Navoiy

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari

Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
3.1K views02:01
Ochish/sharhlash