Get Mystery Box with random crypto!

#Uchrashuv TOMSKDA QO'SHMA DASTUR LOYIHASI BO'YICHA UCHRASH | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Uchrashuv

TOMSKDA QO'SHMA DASTUR LOYIHASI BO'YICHA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 6-sentyabr kuni Tomsk davlat universitetida tarix-siyosiy fanlar fakulteti dekani J.A.Rojneva, Andijon davlat universiteti tarix fakulteti dekani Shamsiddinov Ravshanbek hamda kafedra mudirlari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Ravshanbek Shamsiddinov universitetdagi professor-o‘qituvchilar faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida gapirib, hamkorlikning muhim bo‘lgan yo‘nalishlarini ta'kidlab o‘tdi va ilmiy kutubxonaga Andijon davlat universiteti nomidan kitoblar sovg‘a qildi.

Uchrashuv davomida Janna Anatolyevna o'quv jarayonlari, fakultetning asosiy yo‘nalishlari va kutilayotgan loyihalar bilan tanishtirdi. Bo‘lim boshliqlari o‘z xodimlari faoliyatiga to‘xtalib o‘tdilar.

2020-yilda Andijon davlat universiteti bilan hamkorlikda “Hujjatshunoslik va arxiv ishi” yoʻnalishi boʻyicha qoʻshma dastur imzolangan bo'lib, hozirda shu dastur asosida talabalar Tomsk davlat universitetida tahsil olishmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube