Get Mystery Box with random crypto!

#Tuhfa O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI ANDIJON VILOYAT KENGASHI | Adu.uz | Rasmiy kanali | Andijon davlat universiteti

#Tuhfa

O'ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI ANDIJON VILOYAT KENGASHI UNIVERSITETIMIZGA "JADIDLAR" TO'PLAMINI SOVG'A QILDI


Yoshlar ishlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi tomonidan Andijon davlat universitetiga "Jadidlar" to'plami sovg'a tariqasida topshirildi.

Ushbu sovg'alar to'plami universitet rektori Akramjon Yuldashev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo`yicha prorektor A.Hamraqulov, universitetimiz Yoshlar yetakchisi O.Olimjonov hamda universitetimiz kutubxonasiga taqdim etildi.

“Jadidlar” to‘plami endi universitetimiz kutubxonasida ham mavjud. Umid qilamizki, mazkur to‘plamdagi qimmatli ma’lumotlar talaba-yoshlarimizning bilim va tafakkurini uyg‘otishga xizmat qiladi.

Andijon davlat universiteti axborot xizmati


Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube