Get Mystery Box with random crypto!

ABT.UZ (Rasmiy)

Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy) A
Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy)
Kanal manzili: @abt_uz_rasmiy
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.08K
Kanalning ta’rifi

👨🏻‍💻Assalomu Alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari.
💁🏻‍♂️Siz ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni doimiy ravishda kuzatib boring.
Murojat uchun: @ABT_UZ_Admin_bot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-07-26 22:03:47 ​​#Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 26-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 1 118 422 nafar.

Shundan:

387 351 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
731 071 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 583 682 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 502 264 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 25 295 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 7 181 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 129 275 nafar.
Samarqand viloyati — 123 185 nafar.
Toshkent viloyati — 107 551 nafar.
Farg‘ona viloyati — 101 920 nafar.
Surxondaryo viloyati — 96 658 nafar.
Andijon viloyati — 73 483 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 71 215 nafar.
Namangan viloyati — 71 082 nafar.
Jizzax viloyati — 67 172 nafar.
Toshkent shahri — 63 718 nafar.
Buxoro viloyati — 63 062 nafar.
Xorazm viloyati — 59 212 nafar.
Navoiy viloyati — 49 698 nafar.
Sirdaryo viloyati — 41 191 nafar.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.6K viewsedited  19:03
Ochish/sharhlash
2022-07-24 04:37:52
Тест синовлари яқин: абитуриентларнинг саволларига жавоблар

Бу йилги тест синовлари қандай тартибда ўтади? Тест имтиҳонига саноқли кун қолди. Абитуриентларнинг тест синовларидан ўтишлари борасида Давлат тест маркази нима дейди?

Имтиёзли квоталар, таълим йўналиши бўйича максимал ўтиш баллари, имтиҳон балларидан норози абитуриентнинг қайта имтиҳон топшириш тартиби, ўзини-ўзи бошқариш органлари йўналиши бўйича бакалавр сиртқи таълимга ўқишга кириши ва бошқа шу каби абитурентларнинг қизиқтирган саволларига жавоб олиш мақсадида Human.uz Давлат тест маркази мутахассиси Фарҳод Мирзаев билан суҳбат қилди.

Тўлиқ видео:



Каналга уланинг: @humanuzofficial
3.5K views01:37
Ochish/sharhlash
2022-07-22 16:24:45
#Diqqat
Men Unversitet 2-kurs talabasiman.
Men ham abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tishim va imtihon topshirishim mumkinmi?

Ha, siz my.dtm.uz sayti orqali abituriyent sifatida ro'yxatdan o'tishingiz mumkin. Va shunga ko'ra, siz barcha abituriyentlar kabi imtihon topshirishingiz mumkin. Ammo, agar siz kirgan bo'lsangiz, hozirgi universitet va yana kirgan universitet o'rtasida tanlov qilishingiz kerak.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.2K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-07-21 22:00:42 #Imtiyoz
Farg‘ona viloyatining So‘x tumani uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida Farg‘ona viloyati So‘x tumani uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan qabul parametrlariga nisbatan qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.3K views19:00
Ochish/sharhlash
2022-07-21 14:21:14 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

2022-yil 23-iyul kuni barcha hududlarda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlanadi.

Imtihonlar 2 bosqichda tashkil etilib:

1-bosqich (yozma qismi)tinglab tushunish, o‘qish va yozish ko‘nikmalarini baholash imtihonlari qog‘oz shaklda;

2-bosqichgapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa elektron shaklda bo‘lib o‘tadi.

Abituriyentlar imtihonda ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan (abituriyent qayd varaqasining quyi qismida) yuklab olishlari mumkin.

Chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga ruxsatnoma shakllantirilmaydi. Ularga chet tilidan maksimal ball beriladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

Imtihon o‘tkaziladigan joylar:
https://telegra.ph/Chet-tili-07-18
Imtihonlarni o‘tkazish tartibi:


Imtihon formati: dtm.uz/page/format_kasbiy
Test namunalari: dtm.uz/page/test_namunalari_kasbiy
Gapirish imithoniga tayyorlanish uchun dastur: test.dtm.uz

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.4K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-07-20 16:30:09 #QABUL 2022
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 20-iyul 18:00 holatiga)

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun my.dtm.uz va my.gov.uz saytlari orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni — 951 699 nafar.

Shundan:

365 800 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
585 899 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):

Kunduzgi ta’lim shakli — 524 973 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 399 630 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 21 472 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 5 624 nafar.

Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Qashqadaryo viloyati — 108 658 nafar.
Samarqand viloyati — 106 102 nafar.
Toshkent viloyati — 92 077 nafar.
Farg‘ona viloyati — 86 959 nafar.
Surxondaryo viloyati — 80 759 nafar.
Andijon viloyati — 63 129 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 62 013 nafar.
Namangan viloyati — 59 819 nafar.
Toshkent shahri — 55 573 nafar.
Jizzax viloyati — 55 566 nafar.
Buxoro viloyati — 54 542 nafar.
Xorazm viloyati — 50 382 nafar.
Navoiy viloyati — 41 866 nafar.
Sirdaryo viloyati — 34 253 nafar.


Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.3K viewsedited  13:30
Ochish/sharhlash
2022-07-15 12:16:43 Bugundan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: my.dtm.uz
Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
– Ariza va pasport (jpg yoki pdf shakli);
– Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli);
– Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun);

Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa (turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa) talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.2K views09:16
Ochish/sharhlash
2022-07-12 18:12:43 Teskor

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
3.3K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-07-09 18:15:39 2021 yilgi o‘tish ballari!

Ko'plab obunachilarimiz talab va istaklariga binoan
PDF faylda 2021 yilgi kirish imtihonlarida qayd etilgan minimal o‘tish ballari keltirilgan.

O‘zingizni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballarini topishingiz mumkin.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_Rasmiy
171 views15:15
Ochish/sharhlash
2022-07-08 19:01:54 #Diqqat.Tarqating
10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
865 views16:01
Ochish/sharhlash