Get Mystery Box with random crypto!

ABT.UZ (Rasmiy)

Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy) A
Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy)
Kanal manzili: @abt_uz_rasmiy
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.08K
Kanalning ta’rifi

👨🏻‍💻Assalomu Alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari.
💁🏻‍♂️Siz ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni doimiy ravishda kuzatib boring.
Murojat uchun: @ABT_UZ_Admin_bot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2022-07-02 18:18:10
Rasman.
Bugun Mandat rasman 2022-yilgi oliy ta'limga kirish uchun test topshirgan abituriyentlarni natijalarini e'lon qildi.
Xudo xoxlasa shu kunlarga ham juda yaqin qoldi.Hurmatli kanalimiz abituriyentlari siz harakatni hozir qiling shu xabar rasman chiqqanda kech bo'lishi mumkin.Ota-Onanggizni ishonchlarini oqlang axir ular sizdan ko'p narsa kutib turishibdi.Oliy ta'limga qabul qilinganidan xursand bo'lib yurgan do'stlarizni ko'rib ota onanggiz boshini egib qolishmasin.
"O'qishga kirsam bo'ldi" demang,siz nimaga qiziqishinggizni inobatga olib o'sha yo'nalishga hujjat topshiring.
Zero:O'zbekiston kelajagi sizning qo'linggizda.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.6K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2022-07-02 15:15:01 #Qabul2022
Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!

Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.

Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.7K views12:15
Ochish/sharhlash
2022-07-02 11:03:24
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.5K views08:03
Ochish/sharhlash
2022-07-01 06:07:56
Diqqat.
Bugundan kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

100 dan ortiq kasblardan birini egallash istagida boʻlgan, joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 2022-yilning 1-iyul kunidan 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Platformaga:

tugʻilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta maʼlumotlari;

3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda respublikamizda 330 ta kasb-hunar maktablari faoliyat koʻrsatmoqda.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.5K views03:07
Ochish/sharhlash
2022-06-30 16:54:09 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 30-iyun 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 192 077 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 76 983 nafar (40 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 115 094 nafar (60 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 91 682 nafar. Shundan:

49 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
42 543 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 10 051 nafar.
Samarqand viloyati — 8 255 nafar.
Farg‘ona viloyati — 7 471 nafar.
Andijon viloyati — 7 349 nafar.
Toshkent shahri — 6 947 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 6 764 nafar.
Surxondaryo viloyati — 5 891 nafar.
Namangan viloyati — 4 783 nafar.
Jizzax viloyati — 3 886 nafar.
Buxoro viloyati — 3 573 nafar.
Sirdaryo viloyati — 3 378 nafar.
Navoiy viloyati — 3 322 nafar.
Xorazm viloyati — 3 135 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 177 nafar.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.0K views13:54
Ochish/sharhlash
2022-06-30 12:04:04
Ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Jurnalistika universitetida ijodiy imtihon bo‘ladimi yoki testmi?

Qanday qilib shu va shu kabi savollarga mustaqil javob topish mumkinligini va o‘zi umuman mazkur savollar javobini bilmoqchi bo‘lsangiz yuqoridagi videoni ko‘rishni tavsiya qilaman.

Manba. Xushnudbek
Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.9K views09:04
Ochish/sharhlash
2022-06-29 20:34:44 Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabul 10-iyul kuni yakunlanadi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazilishi belgilangan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga topshirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_Rasmiy
1.9K views17:34
Ochish/sharhlash
2022-06-29 15:00:10
#Diqqat
Bugun va bir necha kun Toshkentda qo'yosh radiatsiyasining xafli darajasi kutilmoqda.

Bugun va bir necha kun poytaxtimizda ultrabinafsha nurlanish endeksi 10 ballga etadi.Bu holatda quydagilarga amal qilish zarur:
1.Soat 12:00 dan 15:00 gacha kuchaga chiqmaslikga harakat qiling;
2.Zarurat tufayli kuchaga chiqqanda bosh kiyim va ko'zoynak taqishni unutmang.
Zero sog'liq bizga berilgan eng muhim nematdur-uni asrang

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_Rasmiy
2.0K views12:00
Ochish/sharhlash