Get Mystery Box with random crypto!

Bugundan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qili | ABT.UZ (Rasmiy)

Bugundan boshlab o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi.

Joriy o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
Xorijiy va nodavlat oliygohlardan ko'chiruvchilar: my.dtm.uz
Davlat oliygohlari ichida ko'chiruvchilar: transfer.edu.uz

Ro‘yxatdan o‘tish 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
– Ariza va pasport (jpg yoki pdf shakli);
– Transkript yoki reyting daftarchasi (jpg yoki pdf shakli);
– Akademik ma'lumotnoma (o'qishni tiklovchilar uchun);

Eslatma: Joriy yildan boshlab faqatgina 2 toifa (turmush qursa va davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tsa) talabalargagina ichki perevod uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY