Get Mystery Box with random crypto!

ABT.UZ (Rasmiy)

Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy) A
Telegram kanalining logotibi abt_uz_rasmiy — ABT.UZ (Rasmiy)
Kanal manzili: @abt_uz_rasmiy
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.08K
Kanalning ta’rifi

👨🏻‍💻Assalomu Alaykum hurmatli kanalimiz obunachilari.
💁🏻‍♂️Siz ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni doimiy ravishda kuzatib boring.
Murojat uchun: @ABT_UZ_Admin_bot

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2022-07-07 17:15:11
#Qabul2022
#akademik_litsey

Maʼlumki akademik litseylarga onlayn qabul 10-iyul kuniga qadar uzaytirildi.

Ushbu videoqo'llanmada litsey.edu.uz platformasi orqali hujjat yuborish tartibi bilan tanishishingiz mumkin

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.4K views14:15
Ochish/sharhlash
2022-07-07 17:14:54
Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.

Ushbu toifadagi abiturientlar 2022-yil 5-iyuldan boshlab Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining suhbat.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.

Oʻz sohasiga mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini yuklab olish.


Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.4K views14:14
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:45:45
#rasman
Joriy yilgi test imtihonidagi javoblar varaqasi namunasi tasdiqlandi

OTMlarning bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun test sinovlari bu yil ham koronavirus sababli stadionlar va xiyobonlarda o‘tkaziladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.4K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:21:43 Diqqat
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishg a qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.0K views11:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 14:21:30 ABT.UZ (Rasmiy) pinned a photo
11:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 09:15:10 #SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Texnikumni tugatganlar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kira olmaydimi?

Javob: 2022-yil 15-iyun kuni Prezident rahbarligida o‘tkazilgan aholini kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtirishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida kelgusi yildan texnikumdan oliygohga imtihonsiz kirish mexanizmi bekor qilinishi ma’lum qilingan edi.

Mazkur xabar ayrim abituriyentlar tomonidan endilikda texnikumni tamomlaganlar oliy ta’lim muassasasiga topshira olmas ekan degan mazmunda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda ekan.

Bu bo‘yicha shuni ma’lum qilamizki, maktab, akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum kabi umumiy o‘rta ta’lim yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tugatgan barcha o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishlari mumkin.

#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.5K viewsedited  06:15
Ochish/sharhlash
2022-07-05 16:25:13 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 5-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 320 424 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 184 871 nafar (58 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 135 553 nafar (42 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 185 359 nafar. Shundan:

101 969 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
83 390 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 22 522 nafar.
Samarqand viloyati — 22 030 nafar.
Farg‘ona viloyati — 18 129 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 17 667 nafar.
Andijon viloyati — 16 259 nafar.
Toshkent shahri — 15 576 nafar.
Surxondaryo viloyati — 14 895 nafar.
Namangan viloyati — 11 549 nafar.
Buxoro viloyati — 9 690 nafar.
Jizzax viloyati — 9 411 nafar.
Xorazm viloyati — 8 095 nafar.
Navoiy viloyati — 7 914 nafar.
Sirdaryo viloyati — 7 723 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 411 nafar.

#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.5K views13:25
Ochish/sharhlash
2022-07-04 09:39:28 Qurbon hayiti munosabati bilan aholi kamida uch kun dam oladi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 11-iyul (dushanba) barcha xodimlar uchun (ish haftasi turidan qatʼi nazar) qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Bundan tashqari, besh kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlarning dam olish kuni 16-iyul, shanba kunidan 12-iyul, seshanba kuniga koʻchirildi.

Olti kunlik ish haftasiga ega boʻlgan xodimlar uchun 12-iyul, seshanba kuni ham qoʻshimcha ishlanmaydigan kun sifatida belgilangan.

Shu tariqa, Oʻzbekiston aholisi Qurbon hayitida quyidagi kunlarda dam oladi:

9-iyul — shanba (dam olish kuni - hali rasman tasdiqlanmagan);
10-iyul — yakshanba (taqvim boʻyicha dam olish kuni);
11-iyul — dushanba (qoʻshimcha ishlanmaydigan kun);
12-iyul — seshanba (qoʻshimcha ishlanmaydigan kun/koʻchirilgan dam olish kuni).

#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: my.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Javob: my.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.1K views06:39
Ochish/sharhlash
2022-07-03 18:27:45 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 3-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 255 208 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 128 856 nafar (50 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 126 352 nafar (50 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 135 271 nafar. Shundan:

72 612 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
62 659 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 16 560 nafar.
Samarqand viloyati — 14 835 nafar.
Farg‘ona viloyati — 12 391 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 11 591 nafar.
Toshkent shahri — 11 568 nafar.
Andijon viloyati — 11 532 nafar.
Surxondaryo viloyati — 9 780 nafar.
Namangan viloyati — 7 751 nafar.
Jizzax viloyati — 6 568 nafar.
Buxoro viloyati — 6 543 nafar.
Sirdaryo viloyati — 5 611 nafar.
Navoiy viloyati — 5 561 nafar.
Xorazm viloyati — 5 431 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 133 nafar.

Kanalga obuna bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
1.6K views15:27
Ochish/sharhlash
2022-07-03 09:20:14
TESKOR VA DOLZARB.
Xabaringgiz bor O'zbekiston konstitutsiyasiga bir qancha o'zgarishlar kiritilmoqda.Bu o'zgarishlar ortida albatta biz O'zbekiston xalqini foydasiga ishlaydigan manfaatlar yotibdi.
Xar xil odamlarning xiyla nayranggiga ishonib qolmang aziz VATANDOSHLAR.
Qoraqalpog'istonda favqulotda holat joriy etildi. 3-iyuldan 2-avgustgacha.
Favqulotda holat davrida 21:00 dan 7:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan.Shu jumladan barcha ommaviy tadbirlar va transport vositalari harakati taqiqlangan.

Albatta bu ishlar vaqtinchalik chora- tadbirlar hisoblanadi.Vatandoshlar sarosimaga tushishga hojat yo'q aqil bilan ish tutishimiz bizni bu vaziyatdan tezroq chiqishimizga yordam beradi.

ZERO:O'zbek va Qoraqalpoq millati doimo og'a ini bo'lib kelishgan va xudo xoxlasa shunday davom etadi.

Kanalga a'zo bo'lish
@ABT_UZ_RASMIY
2.2K viewsedited  06:20
Ochish/sharhlash