2023-07-04 19:15:57
#iqtibos
Abduqodir Toshqulov,
sobiq Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi:"Men
50-60 yil avvalni emas, o‘zimning abituriyentlik davrimni aytmoqchiman:
1993-yil ilk marta test joriy qilinganda, test qanday bo‘lishini tushuntirib beradigan odam bo‘lmagan. Testga kirganmiz, nima qilishni bilmaymiz. Hujjat topshirishning o‘zida juda katta mashaqqat va adolatsizlik bo‘lardi.
Termizning issig‘i
45 gradus, bir hafta hech bir sharoit yo‘q – hujjat topshirish uchun navbatda turganman. Toshkentdagi OTMlarga o‘qishga topshirish uchun olib keladigan odam bo‘lmagan – otam yoshlari o‘tib, bemor holda yotoqda edilar, hozirgidek transport infratuzilmasi bo‘lmagan.
Shu tariqa
TerDUga hujjat topshirganman. Kimning tanishi bo‘lsa, kontrakt hujjatisiz hujjat topshirardi, bizga o‘xshab borib qolganlarga kontrakt “blankang” bo‘lmasa, hujjatingni olmaymiz, degan shart bo‘lardi.
O‘qishga kirgandan keyin
93 ball bilan kursdoshim budjet, men
177 ball bilan kontraktda o‘qirdim, bu adolatcizlikka chidab bo‘lmaydi. Hozir ijtimoiy tarmoqlar, faollarga rahmat – kichik adolatsizliklar barham berilishiga sabab bo‘lyapsizlar. Bir yil o‘qib budjetga o‘tganmiz, bunday imkoniyat ham bor edi.
Bilimi juda kuchli sinfdoshim Toshkentga o‘qishga topshirib, *5 marta* qaytib ketgan, kira olmagan. Yaqinda shu sinfdoshimni ko‘rib hol-ahvol so‘rasam, maktabda qorovul bo‘lib ishlayotgan ekan. Jamiyat, davlat o‘sha payt shunday iqtidoridan ayrildi. Shunday qobiliyatli bolaning iste’dodi qishloqda qolib ketdi. Balki u mendan baxtlidir, ijtimoiy tarmoqlardagi negativlarga termilmas (hazil), tog‘da tinch yashayotgandir, lekin davlat bu iste’doddan ayrildi".
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
40.2K views16:15