Get Mystery Box with random crypto!

@abituriyentuz

Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz A
Telegram kanalining logotibi abituriyentuz — @abituriyentuz
Kanal manzili: @abituriyentuz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!
🔔 Reklama: @EduRek
▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!
😉 Biz bilansiz, demak to'g'ri joydasiz!
📩 @abt_yordam_bot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 6

2023-07-04 11:45:08

Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun respublika bo‘yicha jami 9 506 ta qo‘shimcha kvota ajratildi. Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 6 356 ta (davlat granti asosida - 1 746 ta, to‘lov-kontrakt asosida - 4 610);
sirtqi ta’lim shakli uchun – 2 453 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
kechki ta’lim shakli uchun – 556 ta (to‘lov-kontrakt asosida);
masofaviy ta’lim shakli uchun – 141 ta (to‘lov-kontrakt asosida).

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
36.7K views08:45
Ochish/sharhlash
2023-07-04 11:38:16


Alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati

Alohida iqtidor talab etiladigan
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan tashqari majburiy uchta fan:

ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili);
matematika;
O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
33.4K views08:38
Ochish/sharhlash
2023-06-14 09:31:08 Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish yo‘llari

Maqsadlarni to‘g‘ri qo‘yish va ularga erishish baxtli hayot garovidir. Biroq har doim ham intilayotgan narsalarimizni to‘g‘ri ifodalay olmaymiz. Bu esa orzularning orzuligicha qolib ketishiga olib keladi. Maqsadlarga erishish siri nimada

Faqat o‘zingiz va o‘z imkoniyatlaringizga tayaning
Oldingizga biror maqsad qo‘yishdan avval uni amalga oshirish bo‘yicha barcha javobgarlik o‘z zimmangizda ekanligini esdan chiqarmang. Muvaffaqiyatsizlikda boshqa kishini ayblamaslik uchun boshqalarning yordamisiz erishish mumkin bo‘lgan maqsadlarni o‘z oldingizga qo‘ying.

Maqsadlarni to‘g‘ri shakllantiring
Maqsadlarni xuddi g‘oyalar kabi qog‘ozga (yon daftar, kundalik) yozib qo‘yish kerak. Batafsil yozib chiqilgan maqsadning amalga oshish ehtimoli ko‘proqdir. Agar maqsadlaringizni qog‘ozga yozmasdan ham xotirangizda saqlashga ishonsangiz, ularga erishishga ham katta umid qilmang. Ularni orzular safiga kiritib qo‘yishingiz mumkin.

Inkor shaklidan foydalanmang
Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish va shakllantirish uchun u ijobiy quvvat ulashishi lozim. Shuning uchun nimani istamasligingiz emas, nimalarni xohlayotganligingizni aniqlab oling.
To‘g‘ri maqsad — “Boy bo‘lish”, “Xushbichim qomatga ega bo‘lish”. Noto‘g‘ri maqsad — “Kambag‘al bo‘lmaslik”, “Ortiqcha vazndan qutulish”.

Katta maqsadlarni qismlarga ajrating
Har qanday katta maqsad uni qismlarga ajratguningizga qadar chiqish qiyin bo‘lgan tog‘dek ko‘rinadi. Masalan, chet eldan ko‘chmas mulk xarid qilish bir qarashda amalga oshirish imkonsiz istakdek ko‘rinadi. Biroq maqsadni bosqichlarga bo‘lib, unga tomon muntazam qadamlar bilan harakat qilinsa, unga erishish osonlashadi. Dastlab oyiga muayyan mablag‘ni ishlab topish maqsadini qo‘yish mumkin. So‘ngra mazkur mablag‘ning o‘n foizi, keyinroq 20 foizini chetga olib qo‘yishni rejalashtirish mumkin. Ertami-kechmi siz zarur mablag‘ni to‘plashga erishasiz.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
10.4K views06:31
Ochish/sharhlash
2023-06-14 08:58:53
#admission2023

Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga 2023-2024 oʻquv yili uchun qabul boshlandi.

Universitet bakalavr va magistrlarni kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllarda, shuningdek, ikkinchi mutaxassislik boʻyicha oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlaydi.

Universitet faoliyati Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan litsenziyalangan. (Litsenziya: №044527)

KAZSEE va IQAA agentliklarining taʼlim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi sertifikatlariga ega.

Universitet taʼlim yoʻnalishlari, shartnoma narxlari va kirish imtihonlari haqida batafsil maʼlumot:
https://kiut.uz/uz/admission/submenu/tashkent-admission/

Darslar AQSh, Angliya, Misr, Janubiy Koreya va Italiyalik tajribali xorijiy professor-oʻqituvchilar tomonidan tashkil etiladi.

Onlayn hujjat topshirish: admission.kiut.uz

(+99878) 129-40-40 (ichki raqam – 1).

Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
12.0K views05:58
Ochish/sharhlash
2023-06-14 07:43:19
Odam qaysidir jihati bilan boshqalardan ajralib turishi kerak. Katta hayotda ham sizni ana shu ajralib turuvchi jihatlaringiz bilan esga olishadi.

Siz hamma kirayotgani uchun qaysidir universitetga kirishingiz yoki hamma kiyayotgani uchun qaysidir kiyimni kiyishingiz, hamma foydalanayotgani uchun qaysidir telefon rusumidan foysalanishingiz shart emas.

Boshqacharoq bo'ling!

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
14.6K views04:43
Ochish/sharhlash
2023-06-14 07:02:36
BUGUN ABITURIYENTLAR UCHUN YUTUQLI ONLAYN TEST BO'LIB O'TADI

YUTUQ: 1.000.000 so'm!

Chorshanba, 14-iyun kuni OLIYGOH.UZ platformasi tomonidan navbatdagi 48-onlayn diagnostik imtihonga start beriladi.

Test vaqti: 14-iyun (19:00)
Test formati: Onlayn
Ishtirok etish narxi: BEPUL
Ro'yxatdan o'tish shart

Yo'nalish tanlang va ro'yxatdan o'ting:
Huquq + Ingliz tili
Ingliz tili + Matematika
Ingliz tili + Ona tili
Kimyo + Biologiya
Matematika + Ingliz tili
Matematika + Ona tili
Matematika + Fizika
Ona tili + Ingliz tili
Ona tili + Matematika
Ona tili + Tarix
Tarix + Geografiya
Tarix + Ingliz tili
Tarix + Ona tili
Biologiya + Ona tili
Biologiya + Kimyo
Kimyo + Matematika
Geografiya + Matematika
BOSHQA YO'NALISHNI TANLASH

Yangilik, @DTMStat_Bot yordamida to'plagan ballingiz asosida qaysi yo'nalishlarga kirish ehtimolingiz borligi aniqlashingiz mumkin.

Testga ro'yxatdan o'tish:
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

Test yakunida sertifikat beriladi!
16.1K views04:02
Ochish/sharhlash
2023-06-13 19:02:24
"Yaxshilik qil, suvga sol!
Baliq bilar, baliq bilmasa, Xoliq bilar!"

Siz odamlarga qanchalik tez-tez yaxshilik qilasiz? Oxirgi marta kimga qanday yaxshilik qilganingizni eslang-chi?

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
32.5K views16:02
Ochish/sharhlash
2023-06-13 16:30:37 Maqsadlar nega amalga oshmaydi? Keling, bugun shu haqida gaplashamiz

Eng siyqasi chiqqan sabab – maqsadlar aniq qo‘yilmagan.

Oramizda hali ham maqsadlarni aniq rejalashtirish mumkinligini bilmaydigan insonlar bor. Bu muammoning asl negizi – tarbiyada. Agar oilada oldiga maqsad qo‘yish rejalashtirilmasa, farzand “qanday bo‘lsa shunday yashash“ shabloniga ko‘nikadi.

Maqsadlar noto‘g‘ri qo‘yilgan: noaniq, mujmal, maqsadga erishish muddati aniq belgilanmagan, aniq reja yo‘q. Bu yerda insonlarning maqsad sari qo‘ygan jamiki xatolari mujassamlashgan.

Insonlar maqsadga erishib bo‘lmaydi deb o‘ylashadi.

Orzulari haqiqatdan juda yiroqda, puch va ushalmas bo‘lib tuyiladi. Oldiga maqsad qo‘yishdan cho‘chishadi. «Ushalmas orzular deb o‘zimni aldab nima qildim, baribir o‘xshamaydi…». Shu tariqa o‘zlaridagi bor imkoniyat va ishonchni “o‘ldirishadi“.

Maqsad sari harakat qilishadi, lekin unga yetisha olishiga ishonishmaydi.

Ular o‘zlarini har xil bahona va vajlar bilan aldashadi. «Menda bu maqsadlar uchun yetarli darajada imkoniyat yo‘q …», «Qo‘limdan kelmaydi…», “Sharoitimga to‘g‘ri kelmaydi… ».

O‘z orzu niyatlariga munosib ekanliklariga ishonishmaydi.

Har kim ham o‘z maqsadlariga erishishi mumkin, lekin buning uchun o‘zini munosib hisoblamaydi. «Men hech kimga kerak emasman…», «Men bunga loyiq emasman, chunki…», “Menga nimadir yetishmaydi, men shu omadsizlikka loyiqman… ». Shu kabi bahonalar bilan o‘zini chalg‘itadi.

Shunchaki maqsad sari «yurish» qilishmaydi.

Odatda buning uchun dangasalikni bahona qilib ko‘rsatishadi. Dangasalik-bu sabab emas, bu – xulosa. O‘zini yolg‘on taskinlar bilan tinchlantirish, go‘yoki orzular o‘z o‘zidan ushalishi kerakday.

Yetarlicha xohish istakning yo‘qligi.

Maqsadlar quyidagi formatda qo‘yiladi. «Xohlardim…», «Istagan bo‘lardim…». Ushbu ishonchsizlik va qat’iyatsizlik orzular parvozini yo‘qqa chiqaradi. Har birimizda mavjud bo‘lgan cheksiz imkoniyatlarni bloklab qo‘yadi. Siz chin dildan istagan istaklargina ijobat bo‘ladi!

Qat’iyatli qarorlardan ko‘ra o‘zni oqlash, bahona va ma’suliyatsizlik.

Insonlar o‘ziga bo‘lgan past bahoni yashirish maqsadida omadsizlik va jur’atsizliklarini oqlashga urinishadi. Afsuski bu faqat vaziyatni og‘irlashtiradi. Har qanday qiyinchilikka tik boqib, oldinga harakat qilish zarur.

Ko‘pchilik maqsadlarini so‘nggi natijasini ko‘z oldiga keltirmaydi.

Kecha ro‘y bergan oddiy bir holatni ko‘z oldingizga keltiring. Endi esa qilishingiz mumkin bo‘lgan lekin qila olmagan ishingizni eslang. Endi esa bu ikki holatning o‘zaro farqiga e’tibor bering. Qay biri sizni o‘ylantiryapti? Bo‘lib o‘tgan ishmi yoki bajarilmay qolgani? O‘tib ketgan vaziyat uchun kuyinar ekansiz – nimaiki maqsad qilmang u natijasiz qolaveradi.

Qo‘rquv.

Harakatlar natija bermasligidan hadiksirash. “Shuncha harakatim zoye ketsachi… » Aynan shu qo‘rquv sizni maqsad sari yo‘ldan chalg‘itadi. Ichingizdagi qo‘rquvni yenga olsangizgina nimagadir erisha olasiz.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
29.7K views13:30
Ochish/sharhlash
2023-06-13 11:24:20
Harbiy tavsiyanoma 5 ta oliy ta’lim muassasasiga o‘tadimi?

Harbiy qism qo‘mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga (oliy harbiy ta’lim muassasalari bundan mustasno) o‘qishga kirish uchun alohida qabul parametrlari ajratiladi.

Alohida qabul parametrlari umumiy qabul parametrlarining besh foizi miqdorida ajratilib, oliy ta’lim muassasalari kesimida (har bir ta’lim shakli bo‘yicha) taqsimlanadi.

Tavsiyanomaga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi oliy ta’lim muassasasiga ajratilgan alohida qabul parametrlari doirasida tanlovda ishtirok etadi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
26.5K views08:24
Ochish/sharhlash
2023-06-13 08:30:55 #hikoya_vaqti

Kino tarixidagi yeng mashhur komik aktyor Charli Chaplin shunday hikoya qiladi:

Bolaligimda otam bilan sirk ko‘rgani borgandik. Chipta olish maqsadida navbatga turdik. Oldimizda er–xotin va ularning olti bolasi turardi. Bolalarni kiyimlari eskirib ketgan, lekin ozoda edi. Ular juda xursand holda sirk haqida gaplashishardi. Navbatlari kelgach, ota oyna yoniga borib, chipta narxini so‘radi. Narxni eshitgach, biroz tisarilib xotiniga pichirlab nimadir dedi. Uning yuzida bezovtalik alomatlari yaqqol sezilib turardi.

Shu payt otam cho‘ntagidan 20 dollarni olib, yerga otdi va egilib, uni oldi-da, pulni haligi kishining kaftiga qo‘ydi va “pulingiz tushib ketdi”, dedi. Haligi odam ko‘zlarida yosh bilan, “rahmat, janob”, dedi. Ular tomosha zaliga kirib ketganidan so‘ng otam qo‘limdan tortdi va biz tashqariga chiqib ketdik. Chunki otamning o‘sha odamga bergan 20 dollaridan boshqa puli yo‘q edi. O‘sha kundan buyon otam bilan faxrlanaman.

Butun hayotimdagi eng go‘zal manzara mana shu bo‘lgandi.

Safimizga qo'shiling, do'stlar!
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://t.me/+HD_4cc5sqoozZGZi
24.8K views05:30
Ochish/sharhlash