Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘ | @abituriyentuz
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatitasdiqlandi
Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasiformati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional)ball beriladi.
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 8 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.
Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
✅ @Abituriyentuz - taʼlim haqidagi eng tezkor ma'lumotlar!. 🔔 Reklama: @EduRek. ▪️Biz bilan abituriyentlar uchun eng muhim va dolzarb ma'lumotlarni kuzatib boring!. 😉 Biz bilansiz, demak ...