Get Mystery Box with random crypto!

​ 2021-2022 o'quv yili uchun test sinovlari formati haqida ho | Abituriyent INFO | Rasmiy yangiliklar

2021-2022 o'quv yili uchun test sinovlari formati haqida hozircha ma'lum bo'lgan ma'lumotlar.

2021-yilda 5 ta fandan test bo'ladi.

Barcha abituriyentlar uchun 3ta fan majburiy bo'ladi.

Ona tili - 15ta savol - 2,1 ball
Maksimal - 31,5 ball
Matematika - 15ta savol - 2,1 ball Maksimal - 31,5 ball
O'zbekiston tarixi-15ta savol 2,1 ball Maksimal - 31,5 ball

Ona tili va O'zbekiston tarixidan har bil savolga 1 daqiqa, Matematika uchun esa 1.5 daqiqa vaqt ajratiladi.

Asosiy 2ta fan ta'lim yo'nalishiga mos mutaxasislik blokiga qarab o'zgaradi.
Birinchi fan - 30ta savol, har biri uchun 3,1 balldan
Ikkinchi fan - 30ta savol, har biri uchun 3,1 balldan
Jami: 186 ball

Qaysi yo'nalishda qaysi fandan savollar tushushini bu yerdan ko'rishingiz mumkin
https://t.me/abituriyentinfo_fayl/3

DIQQAT!

Ayrim yo'nalishlarda majburiy blokdagi fanlar bilan bir xil fan kelib qolishi mumkin. Misol uchun, Ona tili yo'nalishiga hujjat topshirgan abituriyent majburiy blokda ham, mutaxasislik blokida ham ona tili ishlaydi.

Faqat ikkita test darajasida farq bo'ladi, majburiy blokdagi savollar oson bo'lsa asosiy blokdagilar qiyin bo'ladi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev bergan ma'lumotlar asosida


DTMdagi so'ngi o'zgarishlarni kuzatib boring

@ABITURIYENTINFO