Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent | Axborot portali

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtmuz_dtm_uz — Abituriyent | Axborot portali
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 51.86K
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-06-19 10:15:46
Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi. Vazir aytgan kvotalar qani?
#abituriyent

Ertaga, 20-iyun kuni, respublikamiz bo’ylab davlat OTMlariga qabul jarayonlari boshlanadi. Arizalar har doimgidek faqat onlayn usulda my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Qabulga 1 kun qolgan bo’lsa-da, hozircha faqat davlat granti asosidagi kvotalar ma’lum: bakalavriat uchun — 34 ming 860 ta, magistratura uchun — 8 ming 923 ta kvota tasdiqlangan. Lekin bu ham umumiy kvotalar bo’lib, hozircha tillar kesimidagi kvotalar e’lon qilinmadi.

Shuningdek, ertaga qabul boshlansa ham, lekin haligacha to’lov-kontrakt asosidagi kvotalar ham ma’lum emas. Joriy yildan boshlab kontrakt kvotalarini OTMlar o’zi tasdiqlab, 20-iyunga qadar Oliy ta’lim vazirligi saytida e’lon qilishi kerak edi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
20.0K views07:15
Ochish/sharhlash
2023-06-13 05:38:51 Testlarni to‘g‘ri ishlashni 7 usul orqali o‘rganing!

Imtihon asosan 4 variantli test ko‘rinishida bo‘lishini hisobga olib, sizlarni shu turdagi testlarni to‘g‘ri ishlash usullari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Testdagi savol va savol sharti bilan yaxshilab tanishing.
Savoldan tashqari, savolning qo‘shimcha sharti bo‘lishi mumkin. Savolning shartiga yaxshilab e’tibor bering. Javob variantlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sakramasdan, sharti bilan yaxshilab tanishing. Savolning biroz chalg‘ituvchi shartlari bo‘lishi mumkin.

Avvaliga oson savollarga javob bering.
1-qadamdan so‘ng, oson savollarga javob berib chiqing. Bu sizga imtihonning savollari, formati va qiyinchiligi bilan tanishib chiqish imkonini beradi. Eng muhimi esa test boshlanishi bilanoq bir qancha savollarga to‘g‘ri javob berishingiz, o‘zingizga ishonchni keskin oshiradi.

Javoblarni xayolda topishga harakat qiling.
Savolni o‘qing va javob variantlarini qo‘lingiz yoki bir parcha qog‘oz bilan berkitib, xayolingizda eng yaxshi javob nima bo‘lishi mumkinligini o‘ylang. O‘xshash variantlar odatda chalg‘itib yuboradi. Oldindan o‘ylab olsangiz, shunday chalg‘ib qolishdan saqlanasiz.

Har bir javob variantini o‘qing.
Hamma variantlarni o‘qing. Javob to‘g‘ri ko‘rinishi mumkin, lekin siz topgan javobdan ham to‘liqroq va aniqroq javobni tashlab ketayotgan bo‘lishingiz mumkin.

Chiqarib tashlashusulidan foydalaning.
Agar savol sizga qiyin tuyulsa va to‘g‘ri javobni bilmasangiz, noto‘g‘riligi aniq bo‘lgan javoblar ustidan ruchkada chizib tashlang. Qolgan variantlar orasidan javobni belgilashingiz, to‘g‘ri javobni topishingiz ehtimolligini oshiradi.

“Barcha javoblar to‘g‘ri” shaklidagi savollar
Aytaylik, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan javob varianti bor. 2 ta javob to‘g‘riligini bilsangiz, “barcha javoblar to‘g‘ri” degan variantni tanlayvering.

Har bir savolga javob bering.
DTM tizimida noto‘g‘ri javoblarga jarima berilmaydi, ya’ni noto‘g‘ri javob uchun ball ayirib tashlanmaydi. Shunday ekan, barcha savollarga javoblarni belgilang. To‘g‘ri javoblarni topish ehtimolingiz oshadi.

Maslahatlarimiz sizga ma'qul bo'lgan bo'lsa, do'stlaringiz va yaqinlarizga ham ulashing.

Safimizga qoʻshiling

https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
22.6K views02:38
Ochish/sharhlash
2023-06-09 14:06:38
Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?

Ushbu savolga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan “Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.

Bunda abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
27.1K views11:06
Ochish/sharhlash
2023-06-06 11:14:35 Rasman: Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi

Savollar yangi Konstitutsiyadan tuziladi.

Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Yaʼni “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
26.1K views08:14
Ochish/sharhlash
2023-06-06 11:14:35Qabul-2023: Qanday yangiliklari e'lon qilindi? Yana nimalar o'zgardi?

Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi:

Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi.

Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan)

Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi.

1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi.

Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin.

Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim.

Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak.

1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi.

Fanlar majmuasi 2022 - yil 6 oy oldin e'lon qilingan.

Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan).

Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
25.0K views08:14
Ochish/sharhlash
2023-06-02 18:47:00 Kontrakt toʻlash muddati 10-iyunga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasi tegishli bayoni bilan ayrim toifadagi talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 10-iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);

va qayta tiklangan talabalar uchun.

Shuningdek, kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o’quvchilari) uchun ham muddat 10-iyunga qadar uzaytirildi (2023-yil 15-martdan keyin kontraktini toʻlaganlarning toʻlovi ham inobatga olinadi).


Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
30.3K views15:47
Ochish/sharhlash
2023-06-02 10:12:25 #Qabul_2023

Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi?

Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi:

15-25% birinchi darajali savol (oson);
50-70%
ikkinchi darajali savol (o‘rtacha):
15-25%
uchinchi darajali savol (qiyin).

Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan:

5-8 ta oson;
15-21 ta o‘rtacha;
5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
29.1K viewsedited  07:12
Ochish/sharhlash
2023-06-01 16:58:53
Kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalish tanlansa, faqat bitta joyga topshira oladimi, boshqa yo‘nalishlarni tanlab bo‘lmaydimi?

Ushbu savolga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ul xodimi javob berdi: Ha, faqat 1 ta yo‘nalishga topshira oladi. Beshta yo‘nalishni tanlash huquqi faqat test sinovlari topshiriladigan OTMlar uchun amal qiladi, xolos. Hozircha kasbiy-ijodiy imtihonlar o‘tkaziladigan yo‘nalishlar uchun bunday imkoniyat yo‘q.

Kasbiy-ijodiy imtihonlar o'tkaziladigan yo‘nalishlar haqida batafsil maʼlumot bu yerda berib o‘tilgan.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
29.5K views13:58
Ochish/sharhlash
2023-05-30 05:00:32 #Qabul2023 #Abituriyent2023
Test topshiriqlari soni va ularning qiyinlik darajasi

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
27.3K viewsedited  02:00
Ochish/sharhlash
2023-05-27 18:38:36 Rasman: Yuridik universitetlarga birinchi blok huquqshunoslik boʻladi

Savollar yangi Konstitutsiyadan tuziladi.

Bu yil yuridik universitetlarga kirish imtihonlarida birinchi fan huquqshunoslik bo‘ladi. Yaʼni “Yurisprudensiya” ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar test sinovlariga amaldagi qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorgarlik ko‘rishlari lozim. Bundan tashqari, Mehnat kodeksi ham yangilangan.

@Abituriyent | Axborot portali
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
30.9K views15:38
Ochish/sharhlash