Get Mystery Box with random crypto!

Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi. Vazir aytgan kvotalar qani? # | Abituriyent | Axborot portali

Qabul boshlanishiga 1 kun qoldi. Vazir aytgan kvotalar qani?
#abituriyent

Ertaga, 20-iyun kuni, respublikamiz bo’ylab davlat OTMlariga qabul jarayonlari boshlanadi. Arizalar har doimgidek faqat onlayn usulda my.uzbmb.uz sayti orqali qabul qilinadi.

Qabulga 1 kun qolgan bo’lsa-da, hozircha faqat davlat granti asosidagi kvotalar ma’lum: bakalavriat uchun — 34 ming 860 ta, magistratura uchun — 8 ming 923 ta kvota tasdiqlangan. Lekin bu ham umumiy kvotalar bo’lib, hozircha tillar kesimidagi kvotalar e’lon qilinmadi.

Shuningdek, ertaga qabul boshlansa ham, lekin haligacha to’lov-kontrakt asosidagi kvotalar ham ma’lum emas. Joriy yildan boshlab kontrakt kvotalarini OTMlar o’zi tasdiqlab, 20-iyunga qadar Oliy ta’lim vazirligi saytida e’lon qilishi kerak edi.

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv