Mandat imtihon kunidan keyin 1 haftada chiqadimi?
Ushbu savolga
Bilimni baholash agentligi mutaxassisi tomonidan
“Abituriyent-2023“ ko‘rsatuvida javob berildi:
Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining
ertasigayoq o‘z natijasini bilib oladilar.
Bunda abituriyentning
javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda
nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob
to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.
Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha
yakuniy tanlov natijalari e’lon qilinadi.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy