Kanal manzili:
Toifalar:
Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar:
50.85K
Kanalning ta’rifi
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
1
4 stars
0
3 stars
1
2 stars
1
1 stars
0
Oxirgi xabar 4
2023-08-10 08:32:01
Tezkor: O'qishni ko'chirish arizalarini tahrirlash imkoni berildi
2023/2024-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha my.uzbmb.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini
2023-yil 10-avgust kuni soat 12:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.
10-avgust soat 12:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.
Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
28.4K views05:32
2023-08-09 18:41:47
Pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar nima qiladi?#abituriyent
JAVOB: turli sabablarga ko’ra pasportini yo’qotib qo’ygan abituriyentlar yangi ID-karta olgan holda bemalol testga kirishlari mumkin.
Ruxsatnomadagi pasport seriyasi va raqami boshqa bo’lsa ham, bu muammo bo’lmaydi. Asosiysi o’sha abituriyentning shaxsini tasdiqlovchi hujjat bo’lishi kerak. Bundan tashqari yangi pasport olganda seriya va raqam o’zgarsa ham, lekin har bir shaxsning JShShIR (identifikatsiya) raqami o’zgarmaydi, o’sha orqali aniqlab olishadi.
Xullas, bemalol yangi ID-karta orqali testga kira olasiz, xavotir olmang. Hozir ID-kartalarni olish ham oson, taxminan 1 kun vaqt ketadi xolos, avvalgidek uzoq kutilmaydi.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
25.2K views15:41
2023-08-08 11:24:23
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari
Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan
nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.
Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
31.1K views08:24
2023-08-07 09:40:17
#Qabul2023
#ProfTa’lim
DIQQAT!
2023/2024-oʻquv yili uchun
kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:
Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) –
10 ta savol.
Har biri uchun
1.1 balldan.
Maksimal ball –
11 ball.
Matematika –
10 ta savol.
Har biri uchun
1.1 balldan
Maksimal ball –
11 ball.
O‘zbekiston tarixi –
10 ta savol.
Har biri uchun
1.1 balldan.
Maksimal ball –
11 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball –
33 ball.
Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:
-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun
3.1 balldan.
Maksimal ball –
93 ball.
-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun
2.1 balldan.
Maksimal ball –
63 ball.
Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball –
156 ball.
5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
31.7K views06:40
2023-08-06 12:17:15
Test sinoviga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda pasport bilan keling!
Ma’lumki, 2023-yil
1-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlandi.
Test sinovlari
ikki smenada o‘tkazilayotgan bo‘lib, abituriyentlar test sinoviga
pasport (ID-karta) va
abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari hamda:
-smenada
07:30 ga qadar;
-smenada
14:30 ga qadar tekshiruvlardan o‘tgan holda o‘z joyiga joylashgan bo‘lishlari lozim.
Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinoviga kiritilmaydi!
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
30.9K views09:17
2023-07-04 11:36:43
#Qabul_2023
Bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi (ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari kesimida to‘liq)
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
27.1K views08:36
2023-07-04 10:17:19
#perevod2023
#o‘tish_ballari
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan
nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi.
Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
27.4K views07:17
2023-07-03 15:21:51
#Qabul_2023
Maqsadli qabul qanday amalga oshirilishini bilasizmi?
Maqsadli qabulni
tanlagan abituriyent mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha
ham maqsadli (abituriyentning doimiy yashash hududi uchun maqsadli qabul parametrlari ajratilgan bo‘lsa),
ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Maqsadli qabulni
tanlamagan abituriyent esa mazkur taʼlim yo‘nalishi bo‘yicha
umumiy tanlovda ishtirok etadi, lekin maqsadli tanlovda ishtirok etmaydi.
Yuqoridagi rasm orqali
maqsadli qabul qanday amalga oshirilishi bo‘yicha to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Izoh: rasmda keltirilgan raqamlar misol sifatida ko‘rsatilgan bo‘lib, Toshkent tibbiyot akademiyasiga ajratilgan kvotalar bundan farq qiladi.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
27.1K views12:21
2023-07-03 15:02:31
BUXORODA OSIYO XALQARO UNIVERSITETI QABUL JARAYONLARI BOSHLANDI
Bakalavriat yo’nalishlari 14 ta:
Pedagogika va Psixologiya
Boshlang'ich ta'lim
Maktabgacha ta'lim
Filologiya tillarni o'qitish (Ingliz tili)
Filologiya tillarni o'qitish (Rus tili)
Tarix
Jismoniy Madaniyat
Iqtisodiyot
Moliya va Moliyaviy texnologiyalar
Davolash ishi
Stomatologiya
Farmatsiya
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari
Konchilik ishi
Magistratura yo’nalishlari 3 ta:
Pedagogika va Psixologiya
Iqtisodiyot
Boshlang’ich ta’lim
Kunduzgi, Kechki va Sirtqi taʼlim shakllari mavjud.
Batafsil ma'lumot uchun:
+998553050009
Ro’yxatdan o’tish uchun:
Veb-sayt: www.oxu.uz
Telegram: @oxu_uz
Manzil: Buxoro shahri, G’ijduvon ko’chasi 74. (Mo’ljal Avtovakzal, Xo’jalik Sudi to’g’risida)
26.5K views12:02
2023-07-02 13:16:15
#Qabul2023 #Abituriyent2023
Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?
IELTSdan
5,5 ball
B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va
maksimal ball beriladi.
Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida
82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan
maksimal, mutaxassislik fanidan
proporsional ball beriladi.
Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan
maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.
Ushbu abituriyentda
ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun
63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi:
63 x 0.828 =
52.164 ball.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
30.2K views10:16