Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyent

Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent A
Telegram kanalining logotibi abituriyent_dtmuzb_dtm_uz — Abituriyent
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24
Kanalning ta’rifi

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!
- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.
📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
📬 Reklama: https://t.me/ SwAo-YikrkZzu9el

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 33

2021-07-19 15:40:05
Nogironligi boʻlgan shaxslar diqqatiga !

Ayrim nogironligi boʻlgan abituriyentlarning maʼlumotlari “TMEK” dasturidan real vaqt rejimida kelmayotganligi sababli my.dtm.uz saytida koʻrinmayotgan edi.

DTMning xabar berishicha, endi my.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabinetda nogironlik boʻyicha imtiyoz maʼlumotlarini kiritish imkoniyati yaratildi.

Agar Sizning nogironlik boʻyicha maʼlumotlaringiz “Imtiyozlar” boʻlimida chiqmayotgan boʻlsa, mazkur boʻlimdagi “Nogironlik imtiyozini qoʻshish” funksiyasi orqali oʻz nogironlik maʼlumotlaringizni kiritishingiz mumkin.

Agar Sizda koʻzi ojiz toifasidagi nogironlik mavjud boʻlsa, nogironlik maʼlumotlarini kiritish bilan birga “Koʻzi ojiz” belgisini belgilashni unutmang.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
19.4K views12:40
Ochish/sharhlash
2021-07-19 15:10:07
OSIYO VA EVROPA
ХITOY POLSHA
TURKIYA TURKIYA
SINGAPUR CHEHIYA
KOREA ROSSIYA
Sizning orzuingizmi?!
Ushbu davlatlarda ingliz tilida 100% bepul davlat granti asosida o'qing.
IELTS shart emas, ingliz tilini bilish kifoya!!
-Ingliz tilini bilmaysizmi?
-U ham muammo emas!
-Biz orqali talaba bo'ladigan bo'sez biz sizga 1yil bepul ta'lim ingliz tilidan beramiz!!!

Endi hammasi biz bilan yanada oson
TOP-1000 reytingiga kirgan Universitetlarda o'qish imkoniyatiga ega bo'lasiz
300ta fakultet
5000ta yonalish
Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang hoziroq biz bilan bog'laning va o'z o'rningizni band qiling!
Dunyo tan olgan universitetlarda ta'lim oling va tengdoshlaringizdan ustun bo'ling!
MAQSADLARINGIZ BIZ BILAN YANADA YAQIN!
Bu imkoniyatlar faqat siz uchun!!
Aloqa
(94) 360-66-68
(94) 029-66-68

Tg: @imkonedu6668
https://t.me/imkonedu0011
18.5K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-07-18 16:19:42
22.7K views13:19
Ochish/sharhlash
2021-07-18 15:40:03 Nogironlik bo‘yicha imtiyoz ma’lumotlarini kiritish

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar haqida qo‘shimcha ma’lumot:

I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari doirasida talabalikka tavsiya etiladi.

Qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalari har bir ta’lim shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari kesimida ajratiladi va abituriyentlar tomonidan tanlangan 5 ta OTM uchun ham o‘rinli hisoblanadi.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.


Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
21.4K views12:40
Ochish/sharhlash
2021-07-18 08:10:04
Joriy yilgi test sinovlarini avgust oyida ochiq maydonlarda (stadionlar, xiyobonlar) oʻtkazish haqida qaror qabul qilindi.

Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov rahbarligida Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yigʻilishida maʼlum qilindi.

Shuningdek, yigʻlishda savollar soni qisqarishi mumkinligi aytildi. Bloklar emas, savollar soni qisqarishi mumkin

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
23.6K views05:10
Ochish/sharhlash
2021-07-17 16:23:25
21.9K views13:23
Ochish/sharhlash
2021-07-17 11:40:02
OTMlarga kirish imtihonlari avgustda oʻtkaziladi !

Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda akademik litseylarga saralash imtihonlarining o‘tkazilishi joriy yil sentabr oyining birinchi yarmida rejalashtirilayotganligi e’lon qilindi.

Mazkur xabar “Kirish imtihonlari karantin sabab sentabr oyiga qoldiriladigan bo‘ldi” sarlavhasi ostida berilishi natijasida ko‘plab fuqarolar xabarni to‘liq o‘qimasdan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari sentabr oyiga qoldirildi degan xulosaga kelishmoqda.

OTMlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarini o‘tkazish muddatlari sentabr oyiga surilgani yo‘q va imtihonlarni amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra avgust oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
22.6K views08:40
Ochish/sharhlash
2021-07-15 17:13:17
15.7K views14:13
Ochish/sharhlash
2021-07-15 15:10:06
“Temir daftar”dagi oilalarning farzandlari kontraktga oʻqishga kirsa, 1-kursda kontrakt toʻlamaydi !

Prezidentning 13-iyuldagi yoshlarga oid Farmoniga binoan:

2021-yil avgust oyida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshgacha boʻlgan har bir farzandi uchun Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan 500 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatiladi;

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan farzandlariga 2021/2022 oʻquv yilida birinchi oʻquv yili uchun toʻlov-kontraktning toʻliq summasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;

“Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yangi turmush qurayotganida oʻz xonadonida qoʻshimcha uy-joy qurishi uchun 33 million soʻmgacha garovsiz kredit ajratiladi.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
14.9K views12:10
Ochish/sharhlash
2021-07-15 13:10:05 Ijodiy Imtihonlar 28-iyuldan boshlanadi!

Kamoliddin Bekzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti ijodiy imtihon topshirish kunlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.

Roʻyxatga koʻra, ijodiy imtihonlar 28-iyuldan 7-avgustga qadar davom etishi belgilangan.

2021-2022 oʻquv yilida kasbiy(ijodiy) imtihonlarda abituriyentlarga berilishi mumkin bolgan vazifalardan namunalar

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga kirish kasbiy(ijodiy) imtihon dasturlari va baholash mezonlari.

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
15.8K views10:10
Ochish/sharhlash