Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.35K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-09-07 18:02:12 O'z kelajagini yaratgan yoshlar

Bugungi kunda yoshlarning o'z kelajagiga bee'tibor emasligi, ilmga harisligi, harakat qilayotgani odamni quvontiradi. Imkoniyatlardan unumli foydalanayotganlar o'z kelajagi uchun javobgarlikni o'z qo'liga olib, o'z ustilarida ishlashmoqda.

Yoshlarning ushbu harakatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» tomonidan tashkil etilgan "Kelajak yoshlari" granti ko'zida o'ti bor yigit-qizlar uchun zo'r imkoniyat bo'ldi. Kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlar o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlarida sifatli bepul ta'lim olishlariga sharoit yaratganlarga minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu grantning birinchi qaldirg'ochlari haqida fim suratga olinibdi. Ularning xursandchiligi, hissiyotlari, ko'zlaridagi uchqun sizga ham o'tadi. "Kelajak yoshlari" filmi premyerasi bugun soat 20:30 da «Najot Ta'lim» YouTube kanalida bo'lib o'tadi.

Treylerni bu yerdan ko'rishingiz mumkin:




@abdusattor
5.6K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-09-07 17:36:19 Lider boshliqlarni jangchilari bilan bir maydonda jang qiladigan sarkardaga o‘xshataman.

@abdusattor
5.6K viewsedited  14:36
Ochish/sharhlash
2022-09-07 16:15:15
Ta’lim tizimida ham shunday ahmoqliklar bor. Faqat u ahmoqlikni rasmga olib bo‘lmaydi. Buni ko‘rib tibbiyotdan xavotirga tusha boshladim. Ko‘p xotinliklar esa bu rasmdan boshqa ma’no topishlari mumkin. Adolat qilinglar ho‘pmi?

@abdusattor
6.6K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2022-09-07 11:44:25 Nafsing bilan aqling bir-biri bilan “til topishsa” yo oliy maqomga erishasan yo xor bo’lasan.

@abdusattor
6.6K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-09-06 13:19:31
«Najot Ta’lim» markazidan vodiyliklar uchun ilk ochiq dars

Do'stimiz Temurbek Adhamov asos solgan «Najot Ta'lim» markazi Farg‘onada viloyatlardagi ilk filialini ochayotgan ekan.

IT sohalariga qiziqishi bor, bu sohalar haqida to‘g‘ri tushuncha olmoqchi bo‘lgan va qaysi kasbni tanlashda ikkilanib turgan insonlar yoki farzandlari taqdiriga befarq bo‘lmagan ota-onalar uchun «Najot Ta’lim» markazi dasturlash, dizayn va marketing sohalari bo‘yicha mutlaqo bepul tarzda katta masshtabli ochiq dars tashkil qilyapti.

Barcha vodiylik kuzatuvchilarimizga ushbu ochiq darsda qatnashishni tavsiya qilamiz!

Sana: 8-sentabr (payshanba)
Vaqt: 15:00
Manzil: Farg'ona viloyati «Tadbirkorlar uyi»
Mo‘ljal: Farg‘ona viloyati hokimligining binosi

Ochiq dars uchun ro‘yxatdan o‘tish

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
1.5K views10:19
Ochish/sharhlash
2022-09-05 23:38:37 Shunday do‘stlar bo‘ladi sen uni do‘st deb o‘ylaysan. U sen bilan sendan manfaat olgani uchun “do‘st” bo‘ladi. Uni senga ishi tushsa yordam berishga oshiqasan. Lekin sening ishing unga tushsa u yordam bermaydi. Ayrim insonlar faqat manfaat bor joyda “do‘st” bo‘ladi. Siz do‘st deb bilgan hamma ham do‘st emas.

@abdusattor
1.8K viewsedited  20:38
Ochish/sharhlash
2022-09-05 19:38:57 Har kuningizni Dushanbaga aylantiring!

Ko'pchiligimiz biror yangi odatni boshlayotganimizda yoki yangilik qilmoqchi bo'lganimizda bugundan boshlashga erinamiz va boshqa biror kun kutamiz. Bizda ayniqsa Dushanba kunini kutish juda ham trenddagi odat.

Dushanba kunini kutaversangiz, hech qachon kelmaydi. Shunchaki bugun boshlang, bugun qiling. Biror ishni tugashi evaziga boshqa ishni boshlashni ham reja qilmang. O'zingizni komfort zonaga tiqqaningiz sari rejalaringiz surilib boraveradi. Har kunni Dushanba kunidek his qiling!

@abdusattor
4.4K views16:38
Ochish/sharhlash
2022-09-04 18:04:49 Gap pulda emas! Aslida hammamiz baxtli bo’lish uchun harakat qilamiz. Baxt pulda emasligini ham bilamiz. Lekin baxtli bo’lish uchun pul topishga harakat qilamiz. Baxtni chegarasi yo’qligi uchun ham yanada ko’proq pul topishga harakat qilamiz. Chunki bizni vaqtincha baxtli qiladigan ayrim narsalarga pul orqali yetishamiz. Baxt nisbiy tushuncha. Kimdur uchun baxt bo’lgan narsa kimdur uchun falokat.

@abdusattor
4.3K views15:04
Ochish/sharhlash
2022-09-03 20:41:47
Instagramda va Tik Tokda turli akkauntlardan tarqalib millionlab ko’rilayotgan video

@abdusattor
6.8K views17:41
Ochish/sharhlash
2022-09-03 20:01:58 Hayotingizni yaxshilash uchun unga qiziqarliroq narsani qo’shish kerak emas. Aksincha “qiziqarli” va foydasiz narsalardan voz keching. Nafsingizga qarshi ish ham qilib turing va uni sekin asta tarbiyalang

@abdusattor
5.5K views17:01
Ochish/sharhlash