Get Mystery Box with random crypto!

O'z kelajagini yaratgan yoshlar Bugungi kunda yoshlarning o | Abdusattor

O'z kelajagini yaratgan yoshlar

Bugungi kunda yoshlarning o'z kelajagiga bee'tibor emasligi, ilmga harisligi, harakat qilayotgani odamni quvontiradi. Imkoniyatlardan unumli foydalanayotganlar o'z kelajagi uchun javobgarlikni o'z qo'liga olib, o'z ustilarida ishlashmoqda.

Yoshlarning ushbu harakatlarini qo'llab-quvvatlash maqsadida «Najot Ta'lim» va «Cambridge LC» tomonidan tashkil etilgan "Kelajak yoshlari" granti ko'zida o'ti bor yigit-qizlar uchun zo'r imkoniyat bo'ldi. Kam ta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan yoshlar o'zlarini qiziqtirgan yo'nalishlarida sifatli bepul ta'lim olishlariga sharoit yaratganlarga minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu grantning birinchi qaldirg'ochlari haqida fim suratga olinibdi. Ularning xursandchiligi, hissiyotlari, ko'zlaridagi uchqun sizga ham o'tadi. "Kelajak yoshlari" filmi premyerasi bugun soat 20:30 da «Najot Ta'lim» YouTube kanalida bo'lib o'tadi.

Treylerni bu yerdan ko'rishingiz mumkin:




@abdusattor