Get Mystery Box with random crypto!

«Hamma ayb o'zbek jamiyatida, sen mutlaqo aybsizsan!» Sen har | Abbos Abduqayumov

«Hamma ayb o'zbek jamiyatida, sen mutlaqo aybsizsan!»

Sen har doim ham atrofdagi vaziyatlarga ta'sir qila olmasliging mumkin lekin ularga bo'lgan munosabatingga ta'sir qila olasan.

Sen, sening harakating bilan o'zgarmaydigan jamiyatdan qoniqishga harakat qilishing — alamzada inson bo'lishdan seni qutqaradi.

Jamiyatni yomon ko'rish — nafsingga yoqadi lekin asablaring yemirilishiga, o'zingdan qoniqish his qilishingga olib keladi.

Muammoni o'zingdan qidirishing — yangi ilmlar olishga, o'zgarishingga imkon beradi. Har bir vaziyat o'rganish imkoniyatiga aylanadi.

Agar har bir inson muammoni jamiyatdan emas, o'zidan qidirishga o'tsa, jamiyat tez orada gullab-yashnaydi!

@Abduqayumov