Get Mystery Box with random crypto!

Omad haqida bir shingil Bir kuni psixolog Richard Vismon gaze | Abbos Abduqayumov

Omad haqida bir shingil

Bir kuni psixolog Richard Vismon gazetaga e'lon berish orqali 400 ko'ngilli erkak va ayollarni «omad eksperimenti» uchun saralab oladi.

Qatnashuvchilarning yarimi o'zlarini omadli, qolgan yarimi esa omadsiz hisoblashar edi.

Eksperimentning birinchi qismida hammaga bir xil gazeta tarqatiladi va ulardan gazetada nechta rasm bor ekanligini sanash so'raladi. «Omadli»lar rasmlarni sanashga bir-necha sekund, «omadsiz»lar esa o'rtacha 2 daqiqa vaqt sarflashdi.

Gap shundaki, gazetaning ikkinchi sahifasida «Rasmlarni sanamang! Bu yerda 43 ta rasm bor», degan sarlavha bor edi.

Ekperimentning ikkinchi qismida psixolog avvalgi ishini takrorlaydi lekin eski yozuv o'rnida «Rasmlarni sanamang! Bu yozuvni ko'rganingizni psixolokka ayting va $250 yutib oling» yozuvi bor edi.

Natija o'sha-o'sha: «Omadli»lar yozuvni ko'rishadi, «omadsiz»lar esa yo'q. Chunki ular rasmlarni sanash bilan juda band edi.

Psixologning xulosasiga ko'ra, omadsiz odamlar zo'riqishlarga juda moyil bo'ladi va bu taranglik ularga atrofda nimalar bo'layotganini payqashga to'sqinlik qiladi.

Omadli odamlar xotirjam bo'ladi va shuning uchun ular izlayotgan narsadan koʻra ko'proq narsani ko'rishadi.

(c) nastjja.com saytidan shaxsiy tarjima.

Odamlar qobiqlaridan tashqariga chiqsa, hayotda omadga erishish imkoniyati ortadi. Tasavvur qiling, siz katta olma bog'ining o'rtasidasiz. Har kuni katta savatda olma olishingiz kerak. Avvaliga ularni qayerdan tanlaganingiz muhim emas — olma hamma joyda bor.

Ammo vaqt o'tishi bilan siz har kuni boradigan joyda savatni to'ldirishingiz qiyinlashib boradi. Biroq, siz ilgari bormagan bog'ning qismlariga boradigan bo'lsangiz, savatni to'ldirish osonlashadi.

Omad ham xuddi shunday. Omadli bo'lish uchun yangi odamlarni, yangi joylarni kashf qilish kerak.

@Abduqayumov