Get Mystery Box with random crypto!

Eng yomon odam ekanliging haqida aytishganmi? O'zingda bor r | Abbos Abduqayumov

Eng yomon odam ekanliging haqida aytishganmi?

O'zingda bor resurslarni ko'kka sovurib, odamlarning sen haqingda shakllanib ulgurgan fikrlarini o'zgartirishga urinma.

Odamlarning sen haqingda allaqachon shakllangan fikrlarini o'zgartirish — xuddiki to'xtovsiz va tartibsiz harakatlanayotgan molekulalarni bir yo'nalishda harakatlanishga majbur qilishga o'xshaydi.

Oqil odam buning imkonsizligini tezda anglaydi va kishilarning u haqidagi fikrlarini o'zgartirish fikridan voz kechadi.

Odamlarning sen haqingda istaganlaricha o'ylashlariga qo'yib ber. Asosiy yo'lingdan chalg'ima.

Agar to'g'ri yo'lda bo'lsang, bir kun keladi va sen haqingda yanglish fikrda bo'lganlar afsuslanadi. Buni sen o'sha paytda ularning ko'zlaridan anglaysan!

Senda faqat bitta hayot bor, unda o'zing yasha!

@Abduqayumov