Get Mystery Box with random crypto!

Odamzod harorat sovib ketsa ham, isib ketsa ham koʻnikib ketav | Abbos Abduqayumov

Odamzod harorat sovib ketsa ham, isib ketsa ham koʻnikib ketaveradi. Maʼlumki, eng moslashuvi mavjudodlardan biri bu odam. Moslashish esa toʻgʻridan-toʻgʻri inson miyasi bilan sodir boʻladi.

Shunday ekan, agar miya tinimsiz ilm olsa, yangi maʼlumotlarni qabul qilishdan toʻxtamasa, davomli tarzda fikrlashda boʻlsa, albatta u shu narsalarga moslashadi. Tez qabul qiluvchan boʻlib qoladi.

Biror sohada professional boʻlish ham huddi shunday. Bir oy, olti oy, bir yil hech narsa oʻrgana olmaslik mumkin lekin bir kun keladi, miyangiz shu sohadagi ilmlarni shunday tezlikda qabul qilishni boshlaydiki, oʻsha sohada professionallashayotganingizni his qilasiz.

Ertaga oʻsha hissiyotni his qilishga faqatgina bugun uxlamasdan izlanayotgan, vaqtinchalik boʻlgan har narsaga vaqt sarflamayotgan, xohishlariga qarshi chiqayotganlargina loyiq.

@Abduqayumov