Get Mystery Box with random crypto!

#shunaqa Kayfiyat odami 1. Kayfiyat odamiga qiyin.Yaxshi bo | Abdulloh (아부)

#shunaqa

Kayfiyat odami

1. Kayfiyat odamiga qiyin.Yaxshi bo'lsa-ku zo'r, lekin kayfiyati chatoq bo'lsa hech narsa qilmay qo'yaveradi.Yomoni ham shu.

2. Kayfiyat shunday, doim ham yaxshi bo'lavermaydi va bu juda-juda normal holat.Hech kim har doim yaxshi kayfiyatda yurolmaydi.

3. Rejalarga kayfiyat ta'sir o'tkazishi yomon signal.U yaxshiligida bajarilib,biroz o'zgarsa tashlab qo'yilgan ishda na samara bo'ladi,na boshqasi.

4. Demak kayfiyat rejalarimizni buzolmasligini ta'minlash kerak.Buni bir yo'li bor.Odamda mas'uliyat qancha katta bo'lsa, kayfiyatga bog'lanib ishlash shunchalik kam bo'ladi.

5. Ikki-uch yoshdagi bolakayning juda ko'p harakati kayfiyatiga,holatiga bog'liq.Yoqmayaptimi,qilmaydi tamom.Chunki unda mas'uliyatni o'zi yo'q yoki juda kichik.

6. Uning otasi esa kayfiyati qanday bo'lishidan qat'iy nazar harakat qilishi kerak.Bo'ydoqligida ham unday emas edi.Lekin endi uning bo'ynida oila, farzand tarbiyasi kabi katta mas'uliyat bor.Uning ishlarida kayfiyat omili minimumga tushib ulguradi.

7. Xulosa. Majbur bo'lmasingizdan avval o'zingizni majbur qiling.Shunda nisbatan osonroq bo'ladi.

Abdulloh Rasuljanov

P/s: Post ham kayfiyat yaxshi emasligida yozildi desama:)

@abdullokh_rasuljanov