Get Mystery Box with random crypto!

#foydali 3d fikrlash Tor ya'ni ikki o'lchamda(2d) fikrlagan | Abdulloh (아부)

#foydali

3d fikrlash

Tor ya'ni ikki o'lchamda(2d) fikrlagan inson ko'p qoqiladi.

Alisher Isaevning quyidagi misollarini keltiraman:

1) 10 000 so'm pulini 3 mingini ehson qilgan inson 2d fikrlashda 3000 so'm zarar ko'rgan bo'ladi. Ya'ni 10 000 - 3000 = 7000.

3d fikrlashda esa mana bunday.Alloh berilgan ehsonni 10 dan 700 barobargacha qaytaraman deb va'da qilgan.Eng kamini,10 barobarni olaylik.

3000*10=30 000. O'zimizda qolgan 7000 ni qo'shsak jami 37 000. Ham farz ado etildi,ham molimizga baraka keldi. Mana bu 3d fikrlash!

2) Daraxtda turgan 10 ta qushdan bittasi urib tushirilsa, 2d fikrlash bo'yicha 9 ta qoladi.

3d fikrlashda esa bitta ham qush qolmaydi.Sababi oddiy.Birini urib tushirsangiz,qoganlari qo'rqqanidan uchib ketadi.

Xullas, 2d fikrlaydigan inson asl haqiqatni ko'ra olmaydi va ko'rganini haqiqat deb yuraveradi.O'zi adashtirmasin.

@abdullokh_rasuljanov