Get Mystery Box with random crypto!

#foydali Kibergigiyena Oxirgi payt odamlarda sezgan kamchili | Abdulloh (아부)

#foydali

Kibergigiyena

Oxirgi payt odamlarda sezgan kamchiligim, ko'pchilik o'zining kiberxavfsizligiga juda befarq.Post ozgina uzunroq, lekin manfaatli bo'ladi InshaAlloh)

1.Hech qachon va hech kimga email va boshqa parollaringizni,telefoningizga kelgan kodni bermang.Kimdir sizdan qandaydir kodingizni so'rayaptimi, xushyor tortavering.

2. Har doim ikki bosqichli himoyadan(two step verification) foydalaning.Bu xavfsizlikni ancha ta'minlaydi.

3. Duch kelgan link'ni bosib,duch kelgan saytga kiravermang. Tugmalarni ham to'g'ri kelganini bosavermang.Ayniqsa CTA(call to action) buttonlarni. Fishing saytlar tiqilib yotibdi.Qarmoqqa tushib qolasiz.

4. Iloji boricha crack dasturlardan foydalanmang.Noutbuk yoki kompyuteringizda crack dastur bormi,demak u sizniki emas)

5. Parollaringizda ism-familya, tug'ilgan sanalaringizdan foydalanmang.Eng ishonchsiz parol bo'ladi unda.Katta-kichik harflar,sonlar va belgilar kombinatsiyasidan foydalaning.Vaqti-vaqti bilan parollaringizni yangilab turing.

6. Boshqalarning kompyuter yoki telefonidan o'zingizni accountlaringizga kirmang umuman.Bu juda xavfli va zararli.

7. Kimdir parolingizni zudlik bilan yangilashni yoki berilgan linkka darhol bosishingizni so'rasa, 95% sizni "uxlatmoqchi".

8. Biror hayratlanarli sovg'a yoki katta pul yutganingizni aytib, qandaydir link yoki biror parolingizni kiritishni so'rasa ishonmang.O'sha gap: Tekin pishloq qopqonda bo'ladi.

9. Hattoki eng yaqin odamlaringizdan kelgan linklarga,katta takliflarga ham ishonib qolmang.Ularning accounti vzlom qilinib,ular orqali sizni hack qilishayotgan bo'lishi ham mumkin.

10. Kompyuteringizga duch kelgan fleshkalarni solmang.Fleshkada malware yoki virus bor-yo'qligini umuman bilmaysiz.Shaxsiy ma'lumotlaringizga mas'uliyat bilan qarang, siz tufayli yaqinlaringizni ma'lumotlari ham xavf ostida qoladi.

Aslida buzib bo'lmaydigan dasturni o'zi yo'q.Lekin ehtiyotkor bo'lish zarar qilmaydi.

Abdulloh Rasuljanov

@abdullokh_rasuljanov