Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Konstitsiya kuni ekan. Lekin, bu kun bilan tabriklashga | Abdullatifxon Anvarxonov

Bugun Konstitsiya kuni ekan. Lekin, bu kun bilan tabriklashga tilim bormayapti. Shunchaki, Jamshid Muslimov tomonidan bir necha yil oldin yozilgan bir postni ulashaman, xulosa esa oʻzingizdan.

* * *

Konstitutsiya nima va nima uchun kerak?

Konstitutsiya millatning birlashuviga yordam beradi. Ammo millatlar konstitutsiyaSIZ birlashvergan...

Konstitutsiya qonunlar tizimi poydevoridir. Ammo qonunlar konstitutsiyasiz ham mavjud bo‘lgan. Konstitutsiya mamlakatning boshqaruv va maʼmuriy hudud tizimlarini belgilashi mumkin, ammo bu Konstitutsiyaning asosiy mavzusi emas.

KONSTITUTSIYANING ASOSIY MAVZUSI – XALQNI VA INSONNI DAVLAT ZO‘RAVONLIGIDAN HIMOYA QILISH.

Konstitutsiyaning asosiy mazmuni davlat rahbar/rahbarlari quyushqondan chiqib ketib xoh yakka shaxsga, xoh biron jamoaga, xoh butun xalqqa zulm o‘tkazishdan to‘sib turuvchi mexanizmni taʼminlashdir.

Davlat rahbariyatiga kirmagan kishi Konstitutsiyani buza olmaydi, chunki oddiy fuqaroda bunday imkoniyatining o‘zi yo‘q, unda hokimiyat yo‘q! Oddiy fuqarolar jinoyati sodir etganlarida faqat ayrim qonunlarni (jinoiy, soliq, fuqarolik va hokazo kodekslar ) buza oladi. Konstitutsion tuzumga qarshi chiqish avvalambor hukumat tarafidan sodir etilishi mumkin va shu ishi uchun ular maxsus javobgarlikka tortiladi.

Konstitutsiya bosh rahbarni tiyib turmasa u noqis konstitutsiya. Konstitutsiya rahbarni tiyib turishi amalda bo‘lmasa bu Konstitutsiya umuman amalda emas.

Konstitutsiyaning mag‘zi shu. Konstitutsiya deb shu narsa nazarda tutiladi.

8.12.2020
Jamshid Muslimov