Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot fani nimani o'rganadi? - Nega hayot manbayi bo'lg | Abdullatifxon Anvarxonov

Iqtisodiyot fani nimani o'rganadi?

- Nega hayot manbayi bo'lgan suvning narxi arzon, ularsiz bemalol yashasa bo'ladigan olmoslar esa bu darajada qimmat?
- Nega ba'zi mamlakatlar kambag'al, boshqalari esa boy?
- Nega neftning narxi "o'ynaydi", muzlatgichniki esa yo'q?
- Nega ishchi kuchi Sharqdan G'arbga qarab oqadi, pullar esa G'arbdan Sharqqa?
- Nega bir uyning yo'lagida turadigan qo'shnilarni shu yo'lakni ta'mirlash uchun birlashtirish qiyin, hukumatni esa zararli gazlarni kamaytirishga undash?
- Nega hukumat kerak?
- Oltin standartiga qaytish kerakmi?
- Mehnat migratsiyasini taqiqlasa nima bo'ladi?
- Iqtisodiy inqirozlarni chetlab o'tish mumkinmi?

Agar yuqorida sanalganlar sizni qiziqtirgan bo'lsa yoki nega jamiyat boshqacha emas aynan shunday qurilgani haqida savollar payda bo'lgan bo'lsa bu savollaringizga javob topishga iqtisodiyot fani yordamga keladi.

Iqtisodiyot - bu odamlar o'z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarishdagi va taqsimotdagi o'zaro munosabatlarini o'rganadigan fan.

Fizika fizik dunyoni o'rgangani kabi, iqtisodiyot ham insonlar jamiyatini o'rganadi. Albatta, insonlarning xatti-harakatlari ham alohida qonuniyatlarga bo'y sunadi. Tabiat qonunlari bizga bo'y sunmaganidek, insonlarning o'zaro (iqtisodiy) munosabatlari ham bizning xohishimizga qarab amalga oshmaydi. Iqtisodiy qonunlarga qarshi chiqish bu huddi ko'zni yumib haskashni bosish bilan bir xil - salbiy oqibatlar kafolatlanadi.

Post Mariya Boykoning "Iqtisodiyot asoslari" kitobi asosida tayyorlandi.

Davomi bor...

#iqtisodiyot_asoslari

@abdullatifxon_anvarxonov