Get Mystery Box with random crypto!

​Submarine — suv osti kemalari haqida. Butun dunyoda turli to | Abdullatifxon Anvarxonov

​Submarine — suv osti kemalari haqida.

Butun dunyoda turli toʻqnashuvlar, toʻpolon bir paytda dunyo gigantlari oʻz harbiy qudratini oshirib, oʻzini sugʻurtalashga harakat qiladi. Buning eng samarali yoʻli — bu atom bombasidir. Atom bombasi oʻn yillar gʻaznada yotadigan uyum-uyum oltinga oʻxshaydi. Deyarli qoʻllanilmaydi.

Ammo ularning sifati yuqori boʻlishi, xavfsiz saqlanishi juda muhim. Buning uchun suv osti kemalari eng qulay vosita boʻlib, birgina bunday kema aql bovar qilmas hajmdagi ommaviy qirgʻin qurollarini olib yurishi mumkin.

Dengiz qurollari turlicha boʻladi, masalan harbiy kemalar shunchalik katta boʻlishi mumkinki ularing ustiga uchoqlar qoʻna oladi. Va ular harbiy qudratni koʻz-koʻz qilishning bir usulidir. Lekin, suv osti kemalarining vazifasi boshqa, ular koʻrinmasdirlar.

Ular istalgan payt istalgan joyda boʻlishlari mumkin. Bu dushmanga ruhiy zarba boʻladi. Chunki, u qachon qayerdan zarba qabul qilishni bilmaydi.

Hozirgi kunda 6 ta davlat rasman suv osti yadroviy kemalarga ega, bular: AQSh, Britaniya, Fransiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Shimoliy Korea va Isroil ham bunday kemalarga egalik qiladi.

Suv osti kemalari bir necha oylab choʻkib ketishi va yer sharining bir tomonidan shoʻngʻib boshqa tomonidan chiqishlari mumkin. Ularning hajmi Boeing uchoqlaridan bir necha barobarga katta boʻladi.

1-qism tugadi. Keyingi qismni chiqishini xohlaysizmi?

@mesideesBM