Get Mystery Box with random crypto!

Open Source Society University Sir emaski, bugungi kunda yaxs | Abdullatifxon Anvarxonov

Open Source Society University

Sir emaski, bugungi kunda yaxshi karyeraga erishish uchun baribir oliy ma'lumotli bo'lish ehtiyoji bor. Albatta, bu yerda sifatli, dunyo standartlariga javob beradigan oliy ta'lim nazarda tutilyapti. Oliy ta'limning maqsadi bu - diplom emas, u beradigan bilim va universitetga kirgan salohiyatli (bo'lajak) sohadoshlar bilan tanishish, fikr almashish va balki, birgalikda biror rejalarni, loyihalarni amalga oshirish. Lekin, hozirda hammani ham oliy ta'lim olishga imkoniyati yo'q. Kimlardadir mablag', kimlardadir vaqt muammosi bor. Shuningdek, hayot yo'liga endi qadam qo'ygan yoshlar biror yo'nalishni tanlashga qiynaladi, biror o'qishga kirsa va keyinchalik yoqmay qolsa yana vaqtini ketqazib, qayta yo'nalish tanlashga, hammasini qayta boshlashga biroz jasorati yetmaydi.

Shukurki, bugungi kunda internet sarhadlarida turli sohalarga oid darslar to'lib yotibdi. Hatto, darslar ham yaxshigina ko'paygan. Endigi vazifa shu bilimlarni tizimli olish, eng sifatlilarini tanlash bo'lib qoldi. Ana shunday sohaga oid tizimli darslar yig'ilgan manbalardan biri bu - Open Source Society University.

Bu manbaada 4 soha - matematika, kompyuter ilmi, ma'lumotlar ilmi va bioinformatika bo'yicha tizimli darslar ketma-ketligi jamlangan.

Bu yerda:
- har bir soha haqida dastlabki ma'lumotlar;
- shu sohani o'rganish uchun kerak bo'ladigan bilimlar;
- undan keyin, sohani egallash uchun o'qish kerak bo'lgan fanlar tizimli ketma-ketlikda, ma'lumotlar asosida, vaqtlar kesimida bo'lib berilgan;
- to'plangan manbaalar ketma-ketligi asosida butun bir yo'nalishni tugatish uchun o'rtacha 2-4 yil vaqt ketadi;
- mazkur yo'nalishlarda tahsil olayotganlarning Discordda mahsus guruhligi ham mavjud bo'lib, guruhda turli kurslarda o'qiyotganlar bilan fikr almashishingiz, savol-javob qilishingiz imkoniyati mavjud;
- sohalarga oid kurslar Harvard, MIT, Stanford kabi ko'plab, turli ochiq, bepul ta'lim platformalardagi ochiq kurslardan shakllantirilgan. Ba'zi kurslar va loyihalar pulli bo'lishi mumkin;
- LinkedIn va Facebook sahifangizga Open Source Society University'ni ta'lim olayotgan joyingiz sifatida belgilab qo'yishingiz mumkin.

Shuningdek, bu to'plam shunisi bilan ham foydaliki, biror sohani tanlashga ikkilanayotgan bo'lsangiz, shulardan birini o'qib ko'rib yoqsa kelajakda shu sohani tanlab, o'qib ketaversiz. Yoqmasa yo'nalishingizni o'zgartiraverasiz. Alohida, universitetga borib o'qib ko'rishingiz shart emas.

Kelajakda bundanda ko'proq sohalarning tizimli manbaalari jamlanadi degan umiddanam.

Aytgancha, ingliz tili talabini eslatib o'tirish shart bo'lmasa kerak?)

Maroqli ta'lim.