Get Mystery Box with random crypto!

#reading_challenge #hikmati_tarixiy Qo‘sh iqtisodiyot tus | Zokirov

#reading_challenge

#hikmati_tarixiy

Qo‘sh iqtisodiyot tushunchasi haqida so'z yuritadigan bo‘lsak, bunga yorqin misol sifatida Janubiy Afrikani olish mumkin. Oq tanli fermerlar bilan raqobatni yo'q qilish va katta miqdordagi kam maoshli ishchi kuchini yaratishdan iborat har ikkala maqsad Janubiy Afrikani ikkiga: zamonaviy, taraqqiy etgan va an'anaviy, kambag'al qismlarga bo'lib tashladi. Xususan, yer maydonlarining 87% i aholining taxminan 20%ini tashkil etgan qilgan Yevropaliklarga berilishi belgilandi va qolgan 13%i Afrikaliklarga berildi. Mamlakatning Yevropaliklarga ajratilgan qismida odamlar shaharlarda yashar, yaxshi ta'lim olgan va zamonaviy texnologiyalardan foydalanardi. Qora tanlilar esa kambag'al, qishloqda yashar va taraqqiyotdan qolib ketgan bo'lib, mehnat unumdorligi past, aholi esa savodsiz edi. Shu tariqa iqtisodiy bo'linish Janubiy Afrikani 50 yil ortda qolishiga olib keldi. Oq tanlilar raqobatga duch kelmasligi va yuqori maosh olishi uchun qora tanlilar atayin ta'lim olishdan saqlab turildi va yuqori malakali ishlardan chetlatildi. Bu kabi iqtisodiy tushish Yevropaliklar tufayli ko'plab mamlakatlarda, xususan Hindistonda ham kuzatildi va bu haqida keyinroq gaplashamiz.

"Mamlakatlar tannazuli sabablari" kitobidan.

P.S. Bu uzun postni o'qib zerikib ketmadingiz degan umiddaman va shaxsan men shunday mazmunli postlarni yoqtiraman. Oldi-qochdi gaplarni uncha xushlamayman.

Sizning kitobxon do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek