Get Mystery Box with random crypto!

#brendi_tarixiy Starbucksning dastlabki kofe do'koni 1971yil | Zokirov

#brendi_tarixiy

Starbucksning dastlabki kofe do'koni 1971yil 30-martda Vashingtonning Sietl shahrida ochilgan. Uni San-Frantsisko universitetida birinchi marta talaba sifatida tanishishgan Jerri Bolduin, Zev Sigl va Gordon Bouker biznes hamkorlikni tashkil qilishgan. Boukerning eslashicha, uning biznes sherigi Terri Xekler "st" harflari bilan boshlangan so'zlarni qudratli deb o'ylagan va bu asoschilarni brend nomini topish umidida "st" bilan boshlanadigan so'zlar ro'yxatini yaratishga undagan. Ular Kaskad tizmasidagi konchilar shaharchasi bo‘lgan "Starbo" ni tanladilar va undan guruh "Starbuk" ni, Mobi-Dik kitobidagi bosh qahramonning ismini esladi. Mobi-Dikni Starbucksga to'g'ridan-to'g'ri aloqasi yo'q va bu berilgan nom shunchaki tasodif.

Manashu 3 ta talaba tomonidan asos solingan Starbucks brendining hozirgi kunda yillik 30 mlrd dollar daromad bilan 35 mingga yaqin do'konlari 84 ta davlatda joylashgan.

P.S. Rasm shaxsan men tomonimdan olingan bo'lib, Incheon, Koreyada joylashgan. Afsuski, Starbucks ning O'zbekistonda rasmiy do'konlari yo'q.

Sizning tarixchi do'stingiz:
@ZokirovDiyorbek