Get Mystery Box with random crypto!

#reading_challenge Bismillah. 'Duo ' haqida o'qiganlarimiz | Zokirov

#reading_challenge

Bismillah.

"Duo " haqida o'qiganlarimiz va olgan tushunchamiz borasida so'z yuritamiz. Quyidagi oyat bilan boshlamoqchiman, " Banda sajda xolida Robbiga eng yaqin holda bo'ladi, bas , unda duoni ko'p qilinglar " ( Baqara surasi, 186-oyat) Sajda holida banda Allohga yaqin bo'ladi deyilgan ushbu oyatni o'qigan on, uyalasan kishi, ahir shunday imkoniyat borida, namozga ham erinib qolyapmiz gohi. Imom Hokim rivoyatiga ko'ra " Duo- mo'minninng quroli, dinning ustuni va osmonlaru yerning nuridir". Quyida duo qabul bo'lishini to'sadigan sabablar sanab o'tilgan:
● Duoda dushmanlik bo'lgani sababidan Alloh xush ko'rmaydigan duo, ya'ni niyat to'g'ri bo'lmasa.

● Duo vaqtida qalbning zaifligi va Allohga bor vujudi bilan ibodat qilmasligi.

● Xarom yeyish va Zulm qilish

● Qalblarda gunohlar mog'or bo'lib o'rnashadi. Qur'oni karimda bunday deyilgan: " Yo'q, ularning kasblari qalblariga mog'or bo'lib o'rnashib qolgandir" (Mutaffifin surasi, 14-oyat)

Quyidagi bandlarda esa duo qabul bo'ladigan vaqtlar Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlari negizida yozildi:

• Tunning oxirgi uchdan birida

• Azon vaqtida

• Azon va Iqomat orasida

• Farz namozlarining so'ngida

• Ramazon oyida

• Qadr kechasida

• Arafa kunida

• Juma kechasida

• Juma kuni imom minbarga chiqqan vaqtdan to namoz tugagunga qadar bo'lgan vaqt.

• Juma kuni Asr namozidan keyingi oxirgi soatda

• Sajda qilingan vaqtda

• Qur'oni karim xatmi vaqtida

• Zikr majlislari paytida

Kimningdir duosi qaysi mahal amalga oshishi avvalo yolg'iz Allohga ayon.

Foydali bo'lgan bo'lsa boshqalar bilan baham ko'ring !

@Faxriddins_Blog