Get Mystery Box with random crypto!

​Ko'chmas mulkni voyaga yetmagan farzandga rasmiylashtirsa bo' | Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog

Ko'chmas mulkni voyaga yetmagan farzandga rasmiylashtirsa bo'ladimi?

Oila kodeksining 93-moddasiga ko'ra, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga ega hisoblanadi. Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanishi belgilangan.

Fuqarolik kodeksining 502-moddasiga ko'ra, bir taraf boshqa tarafga ashyoni, mulk huquqini tekinga hadya sifatida berishi mumkin. Bu turli ashyolar, ko'char va ko'chmas mulklar bo'lishi mumkin.

Demak, voyaga yetmagan shaxslar ham mulkdor bo'lishi, ko'chmas mulkni hadya yoki meros tariqasida qabul qilishi mumkin. Shu holatda ko'chmas mulkni bemalol voyaga yetmagan shaxs nomiga rasmiylashtirish mumkin.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok