Get Mystery Box with random crypto!

Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog

Telegram kanalining logotibi yurist_zukhurov — Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog A
Telegram kanalining logotibi yurist_zukhurov — Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog
Kanal manzili: @yurist_zukhurov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.15K
Kanalning ta’rifi

Ҳуқуқшунос Азимжон Зухуровнинг расмий телеграм саҳифасига хуш келибсиз!
Мурожаат учун:
@Yuristlik_xizmati

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-31 07:15:46
#Video

Sizda hozir barcha imkoniyat mavjud.

O’zini “Dangasaman” deb yurgan yoshlarimiz, talabalar, ishchilar, ota-onalar bu videoni har kuni ko’rishlarini tavsiya qilamiz. Iloji bo’lsa yaqinlaringizga, guruh va kanallaringizga tarqating.

Harakatni hozirdan boshlang!

Video haqidagi fikrlar biz uchun juda qiziq. Izohlarda o’z fikringizni yozib qoldiring.

@Muhammadali_Eshonqulov
236 views04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-30 06:59:22KICHIK TADBIRKORLIK SUBYEKTLARIGA KIMLAR KIRADI?

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan quyidagilar kichik tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi:

yakka tartibdagi tadbirkorlar;

ishlab chiqarish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa tarmoqlardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, ulgurji, chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 5 kishi bo‘lgan mikrofirmalar;

quyidagi tarmoqlardagi kichik korxonalar:

yengil, oziq-ovqat sanoatidagi va qurilish materiallari sanoatidagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 200 kishi;

metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoatidagi, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 100 kishi;

mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 50 kishi;

fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa sohalardagi xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 25 kishi.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
244 views03:59
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:38:58
Insonga uch narsa ergashib boradi...

@Yurist_Zukhurov
838 viewsedited  18:38
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:18:26 Yuristlarga oson emas

Ko‘pchilik xususiy sektorda ishlash yaxshi deb biladi. Xususan, yuridik sohada ham yuristlar va bo‘lajak yuristlar o‘rtasida bunday fikr ko‘p uchraydi. Bunga asosan 2 ta sabab ko‘rsatiladi.

Birinchisi, yuqori ish haqi;

Ikkinchisi, xususiy sohadagi yuristning o‘ziga o‘zi boshliq, o`z vaqtini o`zi belgilashida ekanligi.

Biroq 2-fikrni bildiradiganlar fikriga qo‘shilib bo‘lmaydi. Buni quyidagi misol bilan tushuntiraman.

Aytaylik, advokat advokatlik byurosi orqali faoliyat yuritadi. Bir qarashda, haqiqatdan ham, u o‘ziga o‘zi boshliq. Bo‘lajak yuristlarning ko‘pchilik qismi shunday fikrda bo‘ladi. Biroq aslida unday emas.

Ushbu advokat xizmat ko‘rsatayotgan har bir fuqaro unga boshliq. Pulini to‘lagan fuqaro uning ishini tezroq bitirishni so‘rab advokatga topshiriq beraveradi.

Sudya ham advokatga boshliq. Chunki qachon sud majlisi bo‘lishini, keyingi sud majlisini qachonga qoldirishni sud belgilaydi. Advokat esa shu kunga kelishga majbur.

Tergovchi unga boshliq. Tergov harakatlari qachon bo‘lishini, qachon tugashinni u belgilaydi.

Advokat xizmat ko‘rsatadigan tadbirkor unga boshliq. Qachon kim bilan shartnoma tuzishni, ushbu shartnoma loyihasini puxta ishlab chiqishni, uning manfaatini himoya qilib sudda qatnashishni u talab qiladi.
Bunday asoslarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

P.S. Bu bilan advokatlarni kamsitish (2-va 3-band) fikridan yiroqman. Faqat ularga qanchalik qiyin ekanliginini, xususiy sohada ishlash (ayniqsa, yuridik sohada) oson emasligini, ular o‘ziga o‘zi boshliq emasligini tushuntirmoqchi bo‘ldim xolos.

@yurist_imomniyozov
398 views06:18
Ochish/sharhlash
2022-08-27 10:15:16Davlat bojini toʻlash uchun sudga yoki banklarga borish shart emas!

Sudlar uchun toʻlanadigan davlat bojini toʻlash uchun hisob raqamni suddan borib olib keyin yana bankga borib navbatda turib toʻlov qilish bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi va qimmatli vaqtingizni oʻgʻirlaydi. Lekin aslida bu juda ham oddiy.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Billing.sud.uz saytiga kirishingiz va yangi kvitansiya yaratish tugmasini bosib soʻrovnomani toʻldirishingiz kerak.

Soʻrovnomani toʻldirganingizdan soʻng sizga kvitansiya beriladi.

Ikkinchi bosqichda ushbu kvitansiyada koʻrsatilgan hisob raqamiga pay.me yoki click ilovalari orqali toʻlovni amalga oshirishingiz lozim.

billing.sud.uz tizimiga sizga berilgan kvitansiyaning raqamini kiritish orqali toʻlov qilingan kvitansiyani yuklab olishingiz kerak.

Shu bilan ushbu jarayon yakuniga yetadi.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
433 views07:15
Ochish/sharhlash
2022-08-26 08:33:14MEROSXO'R MEROSNING O'ZIGA TEGISHLI BO'LGAN QISMIDAN VOZ KECHISHI MUMKINMI?

Meros ishi ochilgandan so‘ng xohlovchi tomon o‘z ulushidan voz kechishi mumkin.
Bu holat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1147-moddasida keltirilgan. Unga ko'ra, merosxo‘r meros ochilgan kundan e'tiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli hisoblanadi.

Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi. Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.

Shuningdek, merosxo‘r merosdan voz kechganida o'z ulushidan boshqa merosxo'rlar foydasiga voz kechishga haqlidir. Merosning muayyan qismidan yoki shartlar qo‘yib voz kechilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Merosxo'rning o‘z ulishidan voz kechishi notarial tartibda amalga oshiriladi. Tilxat ya'ni notarial tasdiqlanmagan yozma ravishdagi hujjatlar shaklida merosxo‘rning mulkdagi o‘z ulishidan voz kechishi qonuniy kuchga ega bo'lmaydi. Bunday voz kechishni haqiqiy emas deb topish sud tomonidan amalga oshiriladi.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
476 views05:33
Ochish/sharhlash
2022-08-26 04:29:05
JUMA AYYOMINGIZ MUBORAK BO'LSIN!

Duoga qo‘l oching, yolmasin bilak,
Bugun so‘rayvering, har neki tilak,
Fayzi bilan berur, ALLOH taborak,
Tavba sohibiga, JUMA muborak...


Jumaning fayz-u barakoti sizga va xonadoningizga bo'lsin!

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
486 views01:29
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:35:32
ASSALOMU ALAYKUM qadrli obunachilar!

Tiktok ijtimoiy sahifamizda obunachilarimiz soni 100 K (100 ming nafar) ga yetdi. ALLOHga shukrlar bo'lsin.

Demak, kimgadir foydamiz tekkan yoki bizning videolarimiz orqali kimgadir ozgina bo'lsa ham yordam bera olgan, mushkulini oson qila olgan bo'lsak, bundan faqat va faqat xursandmiz.

Ilm olishimizda va buni siz, azizlar bilan bo'lishishimizda bizga eng katta kuch, eng avvalo ota-onamiz hamda Ustozlarimiz bo'lib hisoblanadilar.

Bu mening emas, balki ularning natijalari. In Shaa ALLOH bundanda kattaroq auditoriyada, nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyo bo'yicha insonlarning huquqiy ong va madaniyatini oshiradigan darajada buyuk ishlarni qilishda ALLOH o'zi madadkor bo'lsin.

Bizni kuzatib borgan, bizga ishongan va qo'llab quvvatlagan barchaga rahmat! Yurist Zukhurov foydali videolarni va ma'lumotlarni joylab borishda davom etadi!

E'tibor uchun barchaga tashakkurlarimiz!

Ijtimoiy sahifalarimizga obuna bo'ling:

Telegram | Instagram| YouTube | Tiktok
478 viewsedited  17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-25 20:29:19 Channel photo updated
17:29
Ochish/sharhlash
2022-08-25 11:13:40Ko'chmas mulkni voyaga yetmagan farzandga rasmiylashtirsa bo'ladimi?

Oila kodeksining 93-moddasiga ko'ra, voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda xususiy mulk egasi bo‘lish huquqiga ega hisoblanadi. Shuningdek, voyaga yetmagan bolalarning qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan mol-mulki, shuningdek shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki hisoblanishi belgilangan.

Fuqarolik kodeksining 502-moddasiga ko'ra, bir taraf boshqa tarafga ashyoni, mulk huquqini tekinga hadya sifatida berishi mumkin. Bu turli ashyolar, ko'char va ko'chmas mulklar bo'lishi mumkin.

Demak, voyaga yetmagan shaxslar ham mulkdor bo'lishi, ko'chmas mulkni hadya yoki meros tariqasida qabul qilishi mumkin. Shu holatda ko'chmas mulkni bemalol voyaga yetmagan shaxs nomiga rasmiylashtirish mumkin.

" VERUM" advokatlik firmasi -
sizning huquqlaringiz himoyachisi!


Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
465 views08:13
Ochish/sharhlash