Get Mystery Box with random crypto!

Aslida men dindorman, lekin unga amal qilmayman. Aslida men ha | Azimjon Zukhurov | Rasmiy blog

Aslida men dindorman, lekin unga amal qilmayman. Aslida men haqiqatni ulugʻlayman, lekin uni aytmayman. Aslida men zulmga qarshiman, lekin zolimni oldida jimman. Aslida men odamlarga faqirlik afzalligi haqida, miskin ulugʻlar hayoti haqida gapirib, boylik, pul yomon narsa ekani, insonlarga faqat ibodat va yaxshi amallarga diqqat qaratishni targʻib qilaman, lekin oʻzimda pul koʻp, ishlab-chiqarish, biznes, yaxshi kafe va restoranlardagi suratlar bilan yashayman. Aslida men ibodatlar haqida koʻp yozaman, koʻp hikmatli soʻzlar qoʻyaman, lekin oʻzim hayotda dunyo ishlaridan ortmayman. Aslida men xoʻja koʻrsin, riyo, maqtanishni yomonligi haqidagi taʼlimotni oʻqiganman va undan saqlanishga harakat qilish kerakligini bilaman, lekin yozgan chiroyli gaplarim, qilgan yaxshi ishlarimnining suratlarini odamlar koʻrsin uchun qoʻyish menga huzur beradi hamda unga bildirilgan fikrlar, va layklar meni qiziqtiradi. Aslida men ramazon oyi ovqatdan tiyilish, nafsni tarbiyalash davri ekanini juda yaxshi bilaman, lekin shu oyda negadir aynan odamlarga ovqat ulashganimni suratlar bilan yoygim keladi, iftorlikka va saharlikka qanday ovqatlar qilish qiziqtirib qoladi. Aslida men kamtarlik taqvodan ekanini bilaman, lekin koʻp joylarda dindor boʻlib gapirgim, odamlarga bu toʻgʻri, bu notoʻgʻri deb hakamlik qilgim kelaveradi. Aslida Allohning oldida gunohim koʻpligini bilaman, lekin oʻzimni emas koʻproq boshqalarni gunohini tanqid qilgim kelaveradi. Aslida men dindorman, lekin unga amal qilmayman...

Vijdon

P/S: Shu gaplarni oʻqir ekanman, gʻalati boʻlishni boshladim. Har birimizni vijdonimiz uygʻoq boʻlsin.

Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok